Samarqand viloyatidagi Hadis ilmi maktabida O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Usmonxon Alimov Muhammad Taqiiy Usmoniy hazratlarining akasi, Pokiston bosh muftiysi Muhammad Rafiiy Usmoniy bilan uchrashdi.
Muloqot davomida O‘zbekistondagi diniy-ma’rifiy sohada amalga oshirilayotgan islohotlar, yangilanishlar va o‘zgarishlar to‘g‘risida ma’lumot berildi.
Shuningdek, O‘zbekiston – Pokiston davlatlari ulamolari o‘rtasida o‘zaro hamkorlik aloqalarini rivojlantirish, diniy ta’lim berish sohasida ustozlar va talabalar almashinuvini tashkil etish borasida fikr-mulohazalar almashildi.
Izoh (0)