• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12653.48
    • RUB159.75
    • EUR14871.64
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +31°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Dunyo

    1986-yil dekabr voqealari: Olmaotada nega xalq namoyishga chiqqan edi?

    1986-yili Qozog‘istonning o‘sha paytdagi poytaxti Olmaotada ro‘y bergan voqealar mamlakatning yangi tarixidagi eng qonli hodisalardan biri hisoblanadi. Ushbu voqealarning ko‘p tafsilotlari haligacha yaxshi o‘rganilmagan. Xususan, ayrim ishtirokchilar aslida qurbonlar soni ko‘proq bo‘lganini aytib keladi.

    “Daryo” kolumnisti G‘ayrat Yo‘ldosh ushbu voqealar haqida hikoya qiladi.

    Sobiq Ittifoq o‘zicha qog‘ozlardagi rejalarda, ko‘chalardagi shiorlarda, tom-tom yozilgan kitoblarda, mamlakat bo‘ylab milliardlab adadda chop etilgan gazetalarda barcha insonlarni, barcha millatlarni teng qilmoqchi bo‘lgan, ammo asl maqsadi Rossiya boshliq bo‘lgan va amalda zulm va mustamlaka ustiga bino qilingan bir davlat edi.

    Foto: Google Photos

    Bu davlat paydo bo‘lganidan keyin 1953-yil – Stalin vafot etguncha Yevrosiyodagi katta bir hududda joylashgan ko‘plab millatlarni boshiga ko‘p azob-uqubatlarni soldi. 1918–1925-yillardagi ozodlik uchun milliy harakatlar, 1928–1935-yillardagi kollektivlashtirish zulmlari va aksariyat odamlarning quloq qilinib surgun etilishi, 1937-yildan boshlangan va changalidan hech kim omonda qolmagan misli ko‘rilmagan qatag‘onlar, 1939-yildan boshlangan urush, 1948-yildan boshlab Stalin qatag‘onlarining ikkinchi to‘lqini boshlanishi kabi zulmlar, zo‘ravonlik va zulm ustiga qurilgan davlat fuqarolarini nihoyatda holdan toydirdi.

    Stalin vafotidan keyin odamlar nihoyat biroz tin oldi. Nohaq qamalganlar oqlandi. Stalin zolim va qonxo‘r deb e’lon qilindi. Ammo...

    Ammo o‘z asosini zulm va zo‘ravonlik ustiga qurgan davlatning zulmlari o‘shandan keyin ham to‘xtab qolgani yo‘q, balki 1991-yil – tarqab ketguncha u yoki bu ko‘rinishda davom etaverdi.

    Yurtimiz boshiga yog‘dirilgan “Paxta ishi” fojiasini eslaylik.

    Qizig‘i, o‘sha paytda mamlakatning turli hududlarida zulmga qarshi qandaydir ko‘tirilishlar bo‘lgan. Ular imi-jimida jamoatchilikka bildirilmasdan ayovsiz bostirilar, hech kimga shafqat qilinmas, hech kim bilan muzokara o‘tkazib o‘tirilmas edi. Bu mamlakat nafaqat namoyish o‘tkazgan fuqarolarini ayovsiz jazolar, balki qo‘l ostidagi sotsialistik lagerga kiruvchi mamlakatlarni ham zug‘um ostida ushlar edi. 1956-yilda Budapeshtda, 1968-yilda Pragada sotsialistik tuzumga qarshi namoyishga chiqqan vengerlar va chexlarnining ayovsiz jazolanishlari shundan dalolat edi.

    SSSRning o‘zida ro‘y bergan va kuchishlatar tizimlar tomonidan ayovsiz bostirilgan namoyishlardan biri – 1986-yilgi Olmaota voqealari o‘sha zulmga asoslangan tuzumga qarshi namoyishlardan biri bo‘lgan edi.

    Gorbachyov SSSR rahbari sifatida kursiga o‘tirib, “Qayta qurish” nomi ostida boshlagan islohotlarining ikkinchi yili tugashi arafasida Qozog‘iston poytaxti Olmaotada fojiali voqealar sodir bo‘ldi.

    Xalq (asosiy qismi yoshlar, talabalar) shahar ko‘chalariga namoyishga chiqdi. O‘rtada kuchishlatar tizimlar bilan to‘qnashuvlar sodir bo‘ldi. Odamlar halok bo‘ldi, ko‘pchilik yaralandi. Mashinalarga, turli do‘konlarga o‘t qo‘yildi. Olmaotani avvaliga ichki ishlar xodimlari, so‘ng maxsus bo‘linmalar egallab oldi va kuch bilan namoyishchilarni tarqatdi. So‘ng esa o‘sha namoyishga chiqqanlarning aksariyatini izlab topib, ayovsiz jazolashdi.

    Xo‘sh, bu voqea har doim o‘zini “osmonimiz musaffo va bizda hamma hur va baxtiyor” deb sha’niga she’rlar yozilgan, qo‘shiqlar kuylangan SSSRda nega sodir bo‘ldi? Buning ustiga, ancha xotirjam va ko‘ngli boshqalarga nisbatan yumshoq bo‘lgan qozoqlarda. Ularni shahar bo‘ylab namoyish o‘tkazishga, to‘polon uyushtirishga nima majbur qildi?

    Hammasi 1986-yilning 16-dekabrida Qozog‘iston kommunistik partiyasi plenumida e’lon qilingan bir ish ortidan boshlandi. Plenum ishida muhim masala ko‘rib chiqildi: o‘sha paytgacha Qozog‘iston Kompartiyasi 1-kotibi vazifasida ishlab kelgan Dinmuhammad Qunayev nafaqaga chiqarilib, uning o‘rniga ungacha Rossiya Sovet Federativ Sotsialistik Respublikasi (RSFSR) Ulyanovsk viloyati obkomining birinchi kotibi sifatida ishlagan Gennadiy Kolbin Qozog‘iston Kompartiyasi birinchi kotibi etib tayinlandi. O‘sha paytlarda bunday xabarlar kechki yangiliklar dasturida va ertasi kuni chop etiladigan gazetalarda e’lon qilinar edi.

    Qozog‘iston Komparitiyasiga mamlakatning o‘zidan emas, chetdan, buning ustiga, Qozog‘istondagi vaziyat va sharoitni bilmaydigan shaxs rahbar etib tayinlanganini kechki payt televizordan eshitgan qozog‘istonliklar rosa ajablandi, g‘azablandi.

    1986-yil 17-dekabr kuni ertalabdan Olmaotadagi Brejnev nomidagi bosh maydonga asosiy qismini yoshlar tashkil etuvchi odamlar SSSR rahbariyatining Qozog‘istonga bu respublikaga mutlaqo aloqasi bo‘lmagan odamni, ya’ni Kolbinni rahbar etib tayinlagani uchun norozilik namoyishi o‘tkazish uchun yig‘ila boshladi. Shu tariqa tarixga “Dekabr voqealari” nomi bilan kirgan voqealar boshlandi.

    Dinmuhammad Qunayev.

    Dinmuhammad Qunayev.
    Foto: Wikipedia

    Tushga yaqin Brejnev maydonida 5 ming atrofida odam yig‘ildi. Mavzuga aloqasi bo‘lmasa ham, Olmaotadagi markaziy maydonga nega boshqa shaharlardagi maydonlarga o‘xshab Lenin emas, Brejnev nomi berilganiga izoh bersam. Uzoq yillar SSSRni boshqargan Brejnev Ikkinchi jahon urushidan keyin ancha yillar Qozog‘iston Kompartiyasining birinchi kotibi vazifasida ishlagan; respublikadagi cho‘llarning o‘zlashtirilishi, katta-katta qurilishlar Brejnev rahbar bo‘lgan paytlarga to‘g‘ri keladi. Dinmuhammad Qunayev Brejnevning o‘rinbosari bo‘lib ishlagan. Brejnev vafotidan keyin qozog‘istonliklar uning nomini Olmaotadagi markaziy maydonga berishga qaror qildi. Albatta, bunda Brejnev bilan do‘stona aloqalarda bo‘lgan Qunayevning ham hissasi katta.

    Endi voqealarga qaytsak. Namoyishchilar yig‘ilar ekan, odamlarni nazorat qilish uchun maydonga IIV xodimlari keltirildi.

    Tushdan keyin namoyishchilar ko‘paygani uchun maydonga militsiya maktabi va yong‘indan saqlash texnikumi kursantlarini olib kelib tashlashdi.

    Avvaliga namoyishchilarni tinch yo‘l bilan tarqatmoqchi bo‘lishdi. Bu uchun Qozog‘istonda katta obro‘-e’tiborga ega shaxslarni, yozuvchi va shoirlarni chaqirishdi; ular kelib namoyishchilarni tinch yo‘l bilan tarqalishga da’vat qildi. Ammo namoyishchilar ularning da’vatlariga quloq solmadi va ularning nutqlarini davomiy tarzda “sotqin” deb baqirib uzib qo‘yishga harakat qildi.

    17-dekabr kuni kechga borib vaziyat juda taranglashdi. Havo sovuq, kech bo‘lganiga qaramay hech kim uyga ketishni xohlamas edi. Namoyishchilar matonat bilan o‘z o‘rniida turardi. Oxiri namoyishchilar ichki ishlar xodimlari tomon harakat boshladi va shu tariqa tartibsizliklar boshlandi.

    Ichki ishlar maktabi va yong‘inga qarshi kurash texnikumi kursantlari dubinkalarni ishga soldi. Namoyishchilar esa ularga tashlandi.

    Gennadiy Kolbin.

    Gennadiy Kolbin.
    Foto: Wikipedia

    Ertalabgacha tartibsizliklar tinmadi.

    Ertalab, 18-dekabr tongida Olmaotaga Qozog‘istonning boshqa shaharlaridan maxsus kuchlar olib kelindi. Vaziyat o‘ylaganlaridan ham ko‘ra jiddiyroq ekanini anglagan rasmiylar shahardagi namoyishchilarni hali g‘o‘r va yosh kursantlar bilan tarqatib bo‘lmasligini tushunib yetdi shekilli, maydonga maxsus kuchlar tashlandi. Kun davomida namoyishchilar va maxsus kuchlar o‘rtasida ayovsiz to‘qnashuvlar sodir bo‘ldi. Tunga yaqin namoyishchilar markaziy maydondan siqib chiqarildi va tarqatib yuborildi. Ungacha esa to‘qnashuvlar oqibatida har ikki tomondan jarohatlanganlar bo‘ldi. Turli texnikalarga o‘t qo‘yildi.

    Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, Olmaota voqealarida ikki kishi halok bo‘lgan, maxsus kuchlar va IIVning 11 ta transporti yoqib yuborilgan, 24 ta transporti esa yaroqsiz holga keltirilgan. 39 ta avtobus tanib bo‘lmas holga solingan. 33 ta taksiga zarar yetkazilgan. 13 ta yotoqxona vayron qilingan. Beshta o‘quv muassasasi, oltita savdo punkti, to‘rtta ma’muriy binoga zarar yetkazilgan.

    18-dekabr kuni namoyish nafaqat Olmaota shahrida, balki respublikaning bir nechta shaharlarida, jumladan, Jezqazg‘an, Pavlodar, Qarag‘anda, Toldiqo‘rg‘on, Arqalik, Ko‘kchatov va Chimkent shaharlarida bo‘lib o‘tdi. Ularda namoyishga chiqqanlar kam bo‘lgani uchun kuchishlatar tuzilmalar tomonidan tezda bostirildi.

    Namoyishchilarni kuch bilan tarqatib yuborishgandan so‘ng nafaqat Olmaota, balki Qozog‘iston bo‘ylab shu namoyishga chiqqanlarni qidirib topish va jazolash ishlari boshlanib ketdi. Namoyishchilarni butun Qozog‘iston bo‘ylab qidirishganiga sabab, ularning aksariyati poytaxtga boshqa viloyatlardan kelib o‘qib, ishlab yurgan yoshlar edi. Namoyish tarqatilganda ularning qo‘lga tushganlari militsiya bo‘limlariga olib kelindi, qo‘lga tushmaganlari esa o‘z viloyatlariga jo‘nab ketgan edi.

    Shu tariqa, 900 dan oshiq kishiga ma’muriy huquqbuzarlik ayblovi qo‘yildi, 300 dan oshiq talaba o‘qishdan haydaldi, 319 OTM o‘qituvchisi ishdan haydaldi, 52 kishi Kommunistik partiya safidan o‘chirildi, 758 yosh fuqaro Butunittifoq yoshlar ittifoqi safidan haydaldi. Umumiy 8 500 kishi qo‘lga olindi. Ulardan 99 nafari turli muddatlarga qamaldi. Qo‘lga olinganlardan biri K. Risqulbekov telemarkaz muhandisi ko‘ngilli yordamchi Savitskiyni o‘ldirganlikda ayblanib o‘lim jazosiga hukm etildi va keyinchalik o‘lim jazosi 20 yillik qamoq jazosi bilan almashtirildi.

    Gennadiy Kolbin.

    Gennadiy Kolbin.
    Foto: Wikipedia

    1986-yil 25-dekabrda KPSS Markaziy qo‘mitasining yillik majlisida Olmaota namoyishlari “Qozog‘istonda radikal ko‘rinishdagi millatchilik asoratlari paydo bo‘lgani fakti aniqlandi”, deb baholandi. Aslida esa namoyishlarda “Biz Qozog‘iston rahbari qozog‘istonlik bo‘lishini talab qilamiz” deb ko‘plab shiorlar ko‘tarilgan edi. Ammo rasmiy Moskva hammani chalg‘itdi.

    O‘shanda “qozoqlarning radikal millatchilik qilib, SSSRdagi xalqlar do‘stligiga putur yetkazishga uringanlari, bu ish hech qachon amalga oshmasligi va SSSRda barcha millat o‘zaro tenglikda, o‘zaro og‘a-ini bo‘lib yashashda davom etishi” haqida ko‘plab maqolalar e’lon qilindi, televideniyeda ko‘rsatuvlar tashkil etildi.

    Hatto KPSS Markaziy qo‘mitasi siyosiy byurosi tomonidan 1987-yil iyul oyida “Qozog‘iston respublikasida partiya tashkilotlari va ishchilarni baynalmillal va vatanparvar etib tarbiyalash ishi haqida” qaror e’lon qilindi. Unda “Qozog‘istonda radikal millatchilik paydo bo‘lgani xavotirga olinib, bunga aslo yo‘l qo‘yib bo‘lmasligi va bu illat bilan hamma kurashishi lozimligi” haqida ham gaplar bor edi.

    Shu tariqa mamlakat bo‘ylab Olmaota namoyishlarining asl kelib chiqish sabablari yashirildi. Aslida esa, yuqorida ham yozdim, Olmaota voqeasida namoyishchilar bor-yo‘g‘i millatidan qat’iy nazar Qozog‘istonda yashayotgan (e’tibor bering, tug‘ilgan emas, yashayotgan), Qozog‘istondagi ahvoldan xabardor shaxs respublika rahbari etib tayinlanishini talab qilib chiqqan edi. Albatta, namoyishchilar orasida Qozog‘istonga kengaytirilgan muxtoriyat so‘raganlar yoki Qozog‘iston butunlay mustaqil bo‘lishini xohlovchilar ham bor edi. Ammo ular haqida hech qayerda yozilmadi.

    Olmaota namoyishi haqida ilk marta 1989-yilda qozoq yozuvchisi va shoiri, SSSR Oliy Soveti deputati Muxtor Shaxanov SSSR Xalq deputatlarining I syezdida oshkora gapirgan edi. U SSSR rahbariyatiga Olmaota voqealari ishini qayta o‘rganish komissiyasini tuzish hamda voqealarni qayta o‘rganish, adolatsiz hukm olganlarning hukmlarini bekor qilish talabini qo‘ygan edi.

    Shundan so‘ng, 1989-yilda Qozog‘iston SSR Oliy Soveti qoshida Olmaota voqealarini qayta o‘rganish komissiyasi tuzildi. Muxtor Shaxanov kommisiya raislaridan biri etib tayinlandi. Komissiya tomonidan o‘sha voqeaga tegishli barcha ishlar, hukmlar qayta tekshirila boshlandi.

    Qayta tekshiruv boshlanganidan qariyb bir yil o‘tib, “Qozog‘iston Oliy Soveti prezidiumi komissiyasi tomonidan 1986-yil 17–18-dekabr voqealari yuzasidan so‘nggi hal qiluv qarori” e’lon qilindi.

    Ushbu qaror bilan parallel ravishda Qozog‘iston SSR Oliy sudi qaroriga ko‘ra 322 kishi nohaq ayblangani va xatti-harakatida jinoyat alomatlari bo‘lmagani tufayli javobgarlikdan ozod etildi.

    Shuningdek, hal qiluv qaroriga asoslanib 1990-yil mayida Qozog‘iston Kompartiyasi markaziy qo‘mitasining “1986-yili Olmaotada bo‘lib o‘tgan ommaviy namoyishlar ‘qozoq radikal millatchiligining paydo bo‘lishi’ deb baholanishi xato bo‘lgani e’tirof etilsin va 1986-yilda shu mazmunda chiqarilgan Qozog‘iston Kompartiyasining tegishli qarori bekor qilinsin” degan qarori chiqdi.

    Ushbu qarorda 1986-yilda Qozog‘iston yoshlarining mamlakat sharoitini umuman bilmaydigan va umrida Qozog‘istonda bo‘lmagan Kolbin Qozog‘iston rahbari etib tayinlanishiga qarshi bo‘lib namoyishga chiqishi “o‘zi yashayotgan respublika taqdiriga befarq bo‘lmagani va o‘z fuqarolik pozitsiyasini namoyish etishi” deb baholandi.

    Oradan yana bir yil o‘tib, 1991-yil 12-dekabrda Qozog‘iston prezidenti Nursulton Nazarboyev 1986-yil, 17–18-dekabr voqealarida qatnashgan va turli ayblovlar qo‘yilgan barcha fuqarolarni reabilitatsiya qilish va ulardan javobgarlikni olib tashlash haqida farmon e’lon qildi.

    2006-yil 18-sentabr kuni Qozog‘iston prezidenti Nursulton Nazarboyev Olmaota shahrida “Dekabr voqealari”ga bag‘ishlangan Ozodlik tongi monumentni ochib berdi.

    Ozodlik tongi.

    Ozodlik tongi.
    Foto: Wikipedia

    “1986-yildagi voqealarda yoshlar aslida Qozog‘iston mustaqilligi uchun maydonga chiqqan edi. Ozodlik uchun kurashni millatchilik deb xaspo‘shlashga urinishdi, ammo qozog‘istonliklar hammasini ko‘rib-bilib turgan edi. Haqiqatan, tarix shuni ko‘rsatdi-ki, 1986-yil 17–18-dekabrdagi voqealar aslo millatchilik xarakterida bo‘lmagan. Buni orada o‘tgan 33 yillik tarixda Qozog‘istonda ko‘plab millatlar ahil-inoqlikda yonma-yon yashab kelayotgani, millatlar o‘rtasida jiddiy nizolar bo‘lmagani ham ko‘rsatib turibdi”, – dedi u monumentning ochilish marosimida.

    Ozodlik tongi monumenti ochilishida butun mamlakatdan Olmaota voqealari qatnashchilari, turli milliy madaniyat markazlari vakillari, siyosiy partiyalar rahbarlari, jamoatchilik faollari qatnashdi.

    Bugun ushbu monument Qozog‘iston mustaqilligining ramzi o‘laroq Olmaotaga ko‘rk bo‘lib turibdi.

    Muallif fikri tahririyat nuqtai nazaridan farq qilishi mumkin.

    10.07.2019, 16:28   Izoh (0)   107164
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Katta o‘zgarishlar kichik qadamlar bilan boshlanadi


    Qulay shartlar bilan yangi ipoteka mahsuloti va xonadon yutib olish imkoniyati


    Mobiuz — 8 milliondan ortiq abonentlar tanlovi 


    Navoiy innovatsiyalar universiteti 2 milliard so‘mlik grant dasturini e’lon qildi 


    Kia Sonet va ADM Global: O‘zbekiston avtomobil klasterini mahalliylashtirilishiga qariyb 260 mln AQSH dollari miqdorida sarmoya


    “O‘zbekinvest” sug‘urta kompaniyasi 2025-yilning I yarim yilligi yakunlarini eʼlon qildi


    GETWORK — Yevropada ishlash orzusini amalga oshiradigan ishonchli agentlik


    O‘zbekistonda tibbiy sug‘urta nima uchun zarur: shifokor qarashi va Neo Insurance tajribasi


    “Euromoney” talqinida “O‘zsanoatqurilishbank” O‘zbekistonning eng yaxshi banki deb e’tirof etildi


    OKMKda yangi sulfat kislota sexi qurilmoqda


    “Biznesni rivojlantirish banki” 2025 yilda 138 mingdan ortiq fuqaro bandligini ta’minladi


    Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi magistratura dasturlariga qabul jarayonlari davom etayotganini ma’lum qiladi


    Visa Kapitalbank bilan Xitoyga: WeChat Pay va Alipay orqali naqd pulsiz to‘lovlar – erkin, oson va xavfsiz


    Mirzo Ulug‘bek tumanida joylashgan yirik ko‘chmas mulk auksionga qo‘yildi


    Yandex Music’da jazirama kayfiyat uchun maxsus “Chilla” bo‘limi paydo bo‘ldi

     

    Tavsiya etamiz

    “Rossiya allaqachon katta og‘alik maqomini yo‘qotib bo‘ldi”. Ukraina urushi postsovet hududida nimalarni o‘zgartirdi?

    24 iyul, 15:15

    Nildan Frot daryosigacha: maxfiylikdan tobora reallikka aylanib borayotgan “Katta Isroil” konsepsiyasi

    22 iyul, 12:22

    KGB soxtalashtirgan jinoyat – SSSR parchalanishi arafasida o‘lim jazosi berilgan qariya kim edi?

    21 iyul, 21:06

    Titanlar to‘qnashuvi: g‘arb burguti kuchlimi yoxud sharq ajdari?

    21 iyul, 19:50
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Tramp Mask bilan nizo tufayli uning biznesini barbod qilmasligini bildirdi

    Dunyo | 24 iyul, 23:44

    Qator xorijiy yetakchilar va hamkorlar Shavkat Mirziyoyevni tug‘ilgan kuni bilan tabrikladi

    O‘zbekiston | 24 iyul, 22:57

    O‘zbekistonda qaysi qonunlar eng ko‘p o‘qilayotgani maʼlum qilindi

    O‘zbekiston | 24 iyul, 22:36

    Germaniyada 332 ta inshootdan iborat qadimiy shahar topildi

    Dunyo | 24 iyul, 22:10

    Oleksandr Usikning navbatdagi jangi rasman tasdiqlandi

    Sport | 24 iyul, 22:00

    AQSH Vengriyaga 350 yil avval o‘g‘irlangan qo‘lyozmani qaytarib berdi

    Dunyo | 24 iyul, 21:55

    Tabrizda 75 kunlik suv zaxirasi qolgani ma’lum qilindi

    Dunyo | 24 iyul, 21:40

    Andijoncha hotamtoylik: “Dunyo sadolari”ga sarflanayotgan milliardlar va shubhali shartnomalar

    O‘zbekiston | 24 iyul, 21:25
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.