• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12653.32
    • RUB161.89
    • EUR14822.1
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +25°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Dunyo

    Sovet qo‘shinlari tomonidan qonga botirilgan “Praga bahori”. O‘shanda nima bo‘lgan edi?

    “Daryo” kolumnisti G‘ayrat Yo‘ldosh Chexoslovakiya tarixidagi eng qonli kunlar bo‘lmish “Praga bahori” voqealarini esga oladi.

    Foto: Wikipedia

    Ikkinchi Jahon urushida fashistlar ustidan qozonilgan g‘alabaning asosiy sababchisi bo‘lgan SSSR urushdan so‘ng butun Sharqiy Yevropada kommunistik tuzumlar yaratdi. 1944-yilda urush SSSR hududidan Sharqiy Yevropa mamlakatlariga ko‘char ekan, bu hududda yashaydigan polyaklar, ruminlar, chexlar, slovaklar, bolgarlar, vengrlar, serblar, xorvatlar, boshnoqlar, albanlar o‘zlarini fashistlar zulmidan ozod qilayotgan sovet armiyasini xursandlik va minnatdorlik bilan kutib oldi. So‘ng ular fashistlarga qarshi birgalikda jang qildi. O‘shanda bir kelib o‘rnashib olgan SSSR ularning boshiga balo bo‘lib, kulfatlar yog‘dirishini xayollariga ham keltirmagan edi bu xalqlar.

    Urush tugashi ortidan Sharqiy Yevropadagi aksariyat mamlakatlarda zudlik bilan SSSR ko‘magida kommunistik partiyalar tuzildi va hokimiyatga keltirildi. Ammo bu mamlakatlarning oddiy aholisiga sodir bo‘layotgan voqealar yoqmayotgan edi. Chunki ular yomg‘irdan qutulib, do‘lga tutilayotganini bilib turgan edi. O‘shanda ularning qo‘llaridan hech narsa kelmadi va aksariyat davlatlarda kommunistik tuzumlar o‘rnatilib, ular SSSRga qaram bo‘lib qoldi.

    SSSR va kommunistik tuzumga qarshi birinchi ko‘tarilish 1956-yilda Vengriya poytaxti Budapeshtda bo‘ldi: poytaxt aholisi kommunistik tuzumga qarshi bosh ko‘tardi. O‘shanda “boshqalarning ko‘zini moshday ochib qo‘yish uchun” Budapeshtda Vengriya kommunistik usulda boshqarilishiga qarshi bo‘lganlar namoyishi kuch bilan bostirildi. Ko‘plab odamlar halok bo‘ldi.

    Oradan yillar o‘tib, 1968-yilda endi chexlar bosh ko‘tardi. Yo‘q, chexlar avvaliga tinchgina islohotlar yo‘li bilan kommunistik tuzumdan voz kechmoqchi bo‘ldi. Lekin Moskva bunga yo‘l qo‘ymadi.

    Quyida o‘sha voqealar haqida so‘z yuritiladi.

    Aleksandr Dubchek (markazda).

    Aleksandr Dubchek (markazda).
    Foto: “RG.ru”

    1968-yil, 5-yanvar. Chexoslovakiyada rahbar almashdi. Mamlakat kommunistik partiyasi Markaziy qo‘mitasi birinchi kotibi etib Aleksandr Dubchek tayinlandi.

    Aprel oyiga kelib Dubchek yonidagi ishonchli odamlar bilan Chexoslovakiyada siyosiy, madaniy va davlat boshqaruvida islohotlar o‘tkazish rejasini e’lon qildi.

    Islohotlarga ko‘ra, Chexoslovakiyada inson huquqlari himoyasini kuchaytirish, matbuotni erkinlashtirish, OAV faoliyatida davlat nazorati va rolini kamaytirish, bir partiyaviylikdan ko‘p partiyaviy boshqaruvga o‘tish kabi bir qator demokratik o‘zgarishlar qilinishi ko‘zda tutilgan edi.

    Ammo o‘sha paytda sotsialistik lagerga xo‘jayin bo‘lgan va AQSh boshliq kapitalistik dunyo bilan keskin raqobat qilib turgan rasmiy Moskvaga Chexoslovakiyaning yangi rahbari e’lon qilgan islohotlar dasturi tom ma’noda umuman yoqmadi. Sababi, Moskva bu islohotlar ortidan Chexoslovakiyani o‘z ta’sir doirasidan chiqib ketishidan qo‘rqdi. Chunki ungacha bir paytlar Yugoslaviya va Avstriya xuddi shunday islohotlar o‘tkazib, oxirida SSSRga ortini o‘girgandi. Moskva Duchek ham islohotlar bahonasida Chexoslovakiyani sotsialistik lager ta’siridan olib chiqib ketadi degan gumonga boradi. Buning ustiga, islohotlarda “erkin matbuot”, “OAVda davlat nazoratini kamaytirish”, “ko‘ppartiyaviylik” kabi tashabbuslar ham bor edi va ular Moskvani xavotirga solardi.

    Foto: EuroNews

    Shundan so‘ng SSSR Chexoslovakiya rahbariyatiga bir oshkora, bir pinhona “la’nati islohotlar”dan voz kechish haqida “maslahat” berdi. Ammo Dubchek islohot haqidagi rejalarida qattiq turdi va ulardan voz kechmasligini ma’lum qildi. Mamlakat ziyolilari, shuningdek, oddiy aholi uni qizg‘in qo‘llab-quvvatlayotgan edi.

    1968-yilning 15-iyulida SSSR boshliq sotsialistik lager davlatlari tomonidan NATOga qarshi o‘laroq tuzilgan Varshava shartnomasi tashkiloti Chexoslovakiya rahbari Dubchekka “mamlakatda antisotsialistik kayfiyat kuchayib borayotgani va, ahvol shu tarzda davom etsa, Chexoslovakiyaga harbiy blok qo‘shinlari kiritilishi ehtimoli yuqoriligi” haqida tahdid yo‘lladi. Sodda tilda aytganda, Dubchekka “jim yur, aks holda jazoyingni olasan” deyishdi.

    Chexoslovakiya kompartiyasi javob xatida Varshava shartnomasi tashkilotining xavotirlari asossiz ekani va mamlakat boshlagan islohotlarda bardavom bo‘lishi haqida yozilgan edi. Dubchek mohiyatan Moskvaga “qo‘lingdan kelganini qil” deb oshkora javob bergan edi.

    1968-yil 29-iyulga kelib Dubchek Brejnev va boshqa bir qator SSSR rahbarlari bilan Chyerna-nad-Tisou shaharchasida o‘tkazgan yashirin muzokaralarida SSSR qo‘shinlarini Chexoslovakiyadan olib chiqish hamda mamlakat ichki ishlariga aralashmaslik talabini qo‘ydi.

    Bu mavzudagi so‘nggi muzokara 1968-yil 3-avgust kuni Bratislavada bo‘lib o‘tdi. Unda SSSR qo‘shinlarini Chexoslovakiyadan olib chiqib ketilishiga kelishildi.

    Oz sonli qo‘shinlar Chexoslovakiya hududidan qo‘shni Vengriya va Polshaga olib chiqildi. Shundan keyin Varshava shartnomasi tashkiloti davlatlari Chexoslovakiya ishlariga harbiy aralashuv rejasini tuza boshladi.

    1968-yil 20-avgust kuni SSSR, Polsha, GDR, Vengriya va Bolgariya harbiylaridan tashkil topgan qo‘shin Chexoslovakiya bilan imzolangan bitimni buzib, ushbu mamlakat hududiga bostirib kirdi. Sanoqli soatlarda 124 ming harbiydan iborat armiya Chexiya va Slovakiyaning muhim strategik obyektlarini egalladi.

    Foto: BBC

    Hodisa ortidan Dubchek zudlik bilan Chexoslovakiya kommunistik partiyasi Markaziy qo‘mitasi majlisini chaqirdi va Varshava shartnomasi tashkiloti harbiy bloki Chexoslovakiyani bosib olishiga qarshi qanday choralar ko‘rish mumkinligini muhokama qildi. So‘ng radioefir orqali fuqarolarga tinchlikni saqlash va joylardagi Varshava shartnomasi tashkiloti harbiylari bilan mojaro chiqarmaslikni so‘radi. Bir tomondan esa Brejnevga SSSR qo‘shinlari boshliq harbiy kuchlarni mamlakat hududidan olib chiqib ketishni talab qilib nota yubordi.

    21-avgust kuni tonggi soat 4:30 da sovet qo‘shinlari bronotexnika va tanklar yordamida Chexoslovakiya kommunistik partiyasi Markaziy qo‘mitasi binosini o‘rab oldi.

    Soat 10:00 da Dubchek, bosh vazir Chernik, parlament raisi Smrkovskiy, Milliy front rahbari Krigel va yana bir qator yuqori mansabli shaxslarni qo‘lga olib, BTRlarda aerodromga olib borib, Moskvaga olib ketishdi.

    Ularni bir necha kun davomida Moskvada tutqunlikda ushlab turib, so‘ng 15 punktdan iborat, SSSR manfaatlari birlamchi inobatga olingan bayonnomaga imzo qo‘yishni taklif etishdi. Ammo Dubchek hujjatni imzolashga rozi bo‘lmadi. Shundan so‘ng Moskva Chexoslovakiya kommunistik partiyasi birinchi kotibi Dubchekni “sog‘ligi yomonlashgani uchun” lavozimdan ozod qilish hamda Gustak Gusevni uning o‘rniga tayinlash haqida Chexoslovakiya kommunistik partiyasi nomidan qaror e’lon qilib yubordi. 23-avgustda yangi qo‘g‘irchoq rahbar Gustak Gusev SSSR talab qilgan protokolni imzolab berdi. Shundan so‘ng Chexoslovakiyaning Moskvaga tutqun sifatida keltirilgan rahbarlari ortga qaytarildi.

    Bayonnomada “Chexoslovakiya bir partiyaviy kommunistik tuzumdan voz kechmasligi”, “sotsializm yo‘lidan og‘ishmay to‘g‘ri borishi” va “bundan buyon Chexoslovakiya hududida sovet armiyasi joylashtirilishi” kabi og‘ir shartlar bor edi.

    O‘shanda mamlakat rahbariyatini harbiylar KGB nazoratida Moskvaga olib ketgani haqidagi xabarni yashirincha faoliyat ko‘rsatayotgan radiolar orqali butun mamlakatga tarqatishdi. Shundan so‘ng mamlakat bo‘ylab norozilik namoyishlari boshlanib ketdi. Ayniqsa poytaxt Pragada ko‘plab insonlar sovet armiyasi okkupatsiyaga qarshi namoyishlarga chiqdi. Ko‘chalarga barrikadalar o‘rnata boshlashdi. Qurol o‘rniga Molotov kokteyli tayyorlab olishdi. O‘rtada to‘qnashuvlar boshlandi. Namoyishchilar sovet tanklariga qarata Molotov kokteyllarini ota boshladi.

    Foto: “Kommersant”

    Sovet armiyasi hech kimga rahm-shafqat qilmadi, yo‘lidan kim chiqsa, ezib yanchib ketaverdi. Umumiy hisobda tinch aholidan 150 ga yaqin kishi halok bo‘ldi. Minglab insonlar tan jarohati oldi. Praga ko‘chalarida hammayoq qip-qizil qon bo‘ldi.

    Xalq to‘poloni asta-sekin tinchidi. Tankka qarshi musht bilan jang qilib bo‘lmasligini chexlar tushunib yetdi.

    Oradan biroz o‘tib, Dubchekni Chexoslovakiya kommunistik partiyasi safidan o‘chirishdi va uy qamog‘iga tiqib qo‘yishdi. U 1985-yilda, SSSR taxtiga Mixail Gorbachyov kelib, oshkoralik va qayta qurish boshlanganida uy qamog‘idan ozod bo‘ldi va Chexoslovakiya ozodligi uchun harakat boshladi. Dubchek 1989-yilda Chexoslovakiya kommunistik tuzumdan qutilishida muhim rollardan birini bajardi. Aleksandr Dubchek 1992-yilda avtohalokat oqibatida halok bo‘ldi.

    Kuni kecha Chexiya parlamenti 1968-yil, 21–22-avgust kunlari namoyishlarda ishtirok etgan va Varshava shartnomasi tashkiloti harbiylariga qarshi namoyishlarga chiqqan insonlarga “harbiy harakatlar ishtirokchi faxriysi” maqomini berish hamda 22-avgustni Umumxalq xotira kuni deb e’lon qilish haqidagi qonunni muhokama qilyapti. Agar u qabul qilinsa, Chexiyada 22-avgust Umumxalq xotira bayrami deb nishonlanadi va o‘sha taloto‘plarda qatnashgan shaxslarga “harbiy harakatlar ishtirokchi faxriysi” degan maqom beriladi. Nima bo‘lishidan qat’iy nazar, ushbu fojiali voqealar SSSRning asl yuzini tushunishga, nega Sharqiy Yevropada sovet o‘tmishiga bu qadar salbiy munosabatda bo‘lishlarini tushunish mumkin.

    Muallif fikri tahririyat nuqtai nazaridan farq qilishi mumkin.

    16.06.2019, 18:55   Izoh (0)   114355
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    “KAFOLAT sug‘urta kompaniyasi” AJning moliyaviy barqarorlik reytingi “Fitch Ratings” tomonidan “Ijobiy” prognozi bilan “B+” darajasida tasdiqlandi


    Chiroyli davlat raqami va 1 yillik transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urtasiga ega HAVAL


    O‘zbekistonda yangilangan HAVAL H6 rasman ishga tushirildi


    Imzodan Engelberg premium romlari hashamatlikning timsolidir


    Toshkentda navbatdagi SAG XL gilam do'koni o'z ishini boshladi


    BI Sad’O Business loyihasida ochiq eshiklar kuni bo‘lib o‘tdi va CHILLA aksiyasi boshlandi


    Kapitalbank Top Employers Institute talqini bo‘yicha O‘zbekistonning eng yaxshi ish beruvchisi maqomini yana bir bor tasdiqladi


    InfinBANK’dan VISA kartasi endi Swoo Pay ilovasida


    Central Asian University RUR va THE Impact Rankings 2025 xalqaro reytinglarida o‘z mavqeini mustahkamlamoqda


    SonetUzStyle – ijodiy kontent uchun Kia Sonet sovg‘a qilamiz


    riitm aqlli platformasi O‘zbekiston tinglovchilariga 30 million trek taklif etmoqda


    Burger va lavashdan tortib kabob hamda flat-white’gacha — barchasi bir joyda!  


    CAEx Mebel & Decor 2025 ko‘rgazmasi 13-15-sentyabr kunlari Toshkentda bo‘lib o‘tadi


    Ichkaridan nazar: Imzo fabrikasi qanday ishlaydi?


    Farg‘ona viloyatida mo‘l hosil: fermerlar 95 sentnerdan ortiq g‘alla yetishtirdi 

     

    Tavsiya etamiz

    “O‘lim sharbati”: SSSRda Stalindan so‘ng ikkinchi qudratli shaxs nomi berilgan qurol qanday paydo bo‘lgandi?

    6 iyul, 15:23

    SSSRning qo‘shni davlatga bosqini tarixi: Afg‘onistonda yodgorlik o‘rnatilgan yagona sovet askari kim edi?

    5 iyul, 15:22

    “Erishib bo‘lmaydigan ball belgilangani yo‘q” — “El-yurt umidi” jamg‘armasi ijrochi direktori

    4 iyul, 22:11

    “AQSH o‘yindan chiqmoqchi”. Ukraina Qo‘shma Shtatlar yordamisiz qayergacha bora oladi?

    4 iyul, 19:55
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Latviya davlat xizmatchilarining Rossiya va Belarusiyaga borishini taqiqladi

    Dunyo | 10 iyul, 00:05

    Ozarbayjon va Rossiya o‘rtasidagi mojaro: nega bu ikki tomonlama ziddiyat Markaziy Osiyoda aks-sado bermoqda?

    Dunyo | 9 iyul, 23:45

    Joze Mourinyo sobiq shogirdini “Fenerbahche”ga olib kelmoqchi

    Sport | 9 iyul, 23:30

    “Ikki marta ko‘rgan insonimga turmushga chiqqanman”. Shahzoda Muhammedova oilasi, farzandlari va biznesi haqida gapirdi

    Shou-biznes | 9 iyul, 23:25

    Toshkent 20 yildan keyin qay ko‘rinishda bo‘ladi? Prezidentga yangi reja taqdim etildi

    O‘zbekiston | 9 iyul, 22:50

    The Guardian: Grok sun’iy intellekti natsistga aylandi va o‘zini MexaGitler deb atadi

    Dunyo | 9 iyul, 22:45

    O‘zbekistonga go‘sht importi keskin ko‘paydi

    O‘zbekiston | 9 iyul, 22:25
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.