Qirg‘izistonlik model Susanna Yegoryan “Miss Osiyo” (Miss Asia World 2019) xalqaro tanlovida g‘olib bo‘ldi, deb xabar bermoqda “Mir 24” telekanali.
Ijtimoiy tarmoqdagi o‘z sahifasida qiz unga muxlislik qilganlarning barchasiga minnatdorlik bildirdi. Bu Qirg‘iziston vakilasi xalqaro go‘zallik tanlovida birinchi o‘rinni olishi bilan bog‘liq tarixdagi birinchi holatdir, deyiladi xabarda.
Musobaqa Livan poytaxti Bayrutda bo‘lib o‘tdi, unda 40 ta mamlakat vakilalari qatnashdi.
Izoh (0)