Qozog‘iston politsiyasi ruxsat berilmagan norozilik namoyishlari bo‘lib o‘tgan Olmaota va Nur-Sulton shaharlarida 200 nafarga yaqin kishini qo‘lga oldi. Bu haqda Meduza xabar bermoqda.
Mamlakat ichki ishlar vazirligiga ko‘ra, ushlanganlardan ayrimlarida travmatik qurol va tutun chiqaruvchi shashkalar topilgan. Qo‘lga olinganlardan biri “Chol, ket!” deb hayqirgani aytilmoqda.
Hukumatga qarshi mitinglarni mamlakatda man etilgan “Qozog‘iston demokratik tanlovi” harakati tashkilladi. Namoyishchilar muammolari haqida aytish uchun ko‘chalarga chiqqanini bildirmoqda.