“Laskoviy may” pop-guruhining sobiq solisti Yuriy Shatunov burun bo‘shlig‘idagi yallig‘lanish sabab zudlik bilan Moskadagi klinikalarning birida operatsiya qilindi. Bu haqda qo‘shiqchining direktori Arkadiy Kudryashovga tayanib, “Korrespondent.net” xabar berdi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, operatsiya muvaffaqiyatli o‘tgan bo‘lib, qo‘shiqchi yana bir haftaga yaqin klinikada qoladi. Shundan so‘ng, Shatunov burun bo‘shlig‘ining yallig‘lanishiga olib kelgan tishini oldirib tashlash uchun boshqa bir klinikaga yo‘l oladi.
Shatunov 2-iyul kuni, uzoq davom etgan gastrol safarlaridan keyin Moskvadagi shifoxonaga yotqizilgan.
Izoh (0)