Xonanda Alisher Fayzning “Ashxobod” sayilgohidagi 6-iyunga mo‘ljallangan konsert dasturi ob-havo sharoiti tufayli qoldirildi. Bu haqda “ZO‘R TV” telekanali ma’lum qildi.
Konsert 13-iyun kuniga ko‘chirilgan bildirilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, oldinroq bog‘ ma’muriyati sayilgohda “hech qanday favqulodda vaziyat yuzaga kelmagani”ni ma’lum qilgandi.