Vertolyot Bagama orollariga qulashi oqibatida yetti kishi halok bo‘ldi, deb xabar bermoqda “Gazeta.ru”.
Qayd etilishicha, vertolyot parvozga ko‘tarilganidan so‘ng avval radardan yo‘qolgan, so‘ng Atlantika okeaniga qulagan. Vertolyot bortida 7 kishi bo‘lgan. Ular orasida boyligi 1,8 milliard dollardan ortiq bo‘lgan 61 yoshli milliarder Kristofer Klayn ham bor edi.
Qutqaruvchilar barcha halok bo‘lganlar — to‘rt nafari ayol va uch nafari erkak jasadini topgan. Ayni paytda vertolyot halokati sababi noma’lum.
Izoh (0)