Dubay hukmdori Muhammad bin Rashid Yevropaga qochib ketgan xotini malika Hayoni sudga berdi, deb xabar qiladi “Korrespondent.net”.
Oliy suddagi eshituv jarayonlari 30—31-iyul kunlari bo‘lib o‘tadi.
ABC telekanalining aniqlik kiritishcha, 30-iyul kuni bo‘lib o‘tadigan sudda ikki nafar bolaga vasiylik qilish masalasi ko‘rib chiqiladi.
Malika Hayo 11 yoshli qizi va 7 yoshli o‘g‘li bilan Germaniyada berkinib yurgani aytilmoqda. O‘zi bilan 40 million dollarni olib ketgan malika, yetib kelishi bilan ajrashish uchun ariza bergan. Pullarni esa “yangi hayot” qurishga sarflagan.
OAVning taxminiga ko‘ra, aynan mana shu oilaviy ajrim Germaniya va BAA o‘rtasidagi munosabatlar o‘zgarishiga olib kelgan. Ma’lum bo‘lishicha, Dubay hukmdori Germaniyadan barcha oila a’zolarini qaytarishini talab qilgan. Lekin Yevropaning ushbu davlati bunga quloq solmagan.
Izoh (0)