Parij klubi “Sevilya” a’zosi Pablo Sarabiyani o‘z safiga qo‘shib olganini e’lon qildi.
PSJ Sarabiya bilan 5 yillik shartnoma imzolagan. Andalusiyaliklar 27 yoshli futbolchi transferidan 18 million yevro ishlab olgan.
Ma’lumot uchun, Sarabiya o‘tgan mavsum “Sevilya” safida 52 ta o‘yin o‘tkazib, 23 ta gol urdi va 17 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)