O‘zbekistonda 2019-yilning 12-iyun kuni muqaddam bedarak yo‘qolganlardan 4 nafari topilib, ilgari sodir etgan jinoyati uchun sud va tergovdan qochib yurgan 11 nafar shaxs ushlandi.
IIV Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasidan xabar berishlaricha, avval qayd qilinib, ochilmay qolgan jinoyatlarning 13 tasi ham ochilgan.
Vazirlik axborotida bedarak yo‘qolganlar, qidiruvda bo‘lgan gumonlanuvchilar va ochilgan jinoyatlarning tafsilotlari haqida ma’lumot berilmagan.
Izoh (0)