Toshkent—Bekobod trassasi yaqinida laylaklar ini yonida o‘t qo‘yildi. Bu haqda Facebook’dagi “Potrebiteli.uz” guruhida ma’lum qilindi.
Xabarda aytilishicha, laylak inlaridan pastroqda o‘rib olingan dala bo‘lib, qolgan qismini tozalash maqsadida atayin yondirilgan. Deyarli har bir laylak inlarida hali uchishni bilmaydigan polaponlar bor. Ular tutun pag‘asidan bo‘g‘ilmoqda.
“Umid qilamanki, viloyat hokimiyati va ekologlar bunga e’tibor qaratadi. U yerda zudlik bilan olovni o‘chirish kerak. Yo‘l bo‘yida 6 ta yong‘in o‘choqlari bor”, — deydi xabarni joylagan guruh foydalanuvchisi.
Izoh (0)