• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12593.77
    • RUB158.49
    • EUR14698.19
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +26°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Farg‘onalik fermerga tuman prokurorining og‘zaki topshirig‘i bilan bug‘doy o‘rish uchun kombayn berilmayotgani rostmi?

    “Daryo”ga Farg‘ona viloyati, Buvayda tumanidagi “Zuhra–Madina” fermer xo‘jaligi (hozirda tugatilgan) rahbari murojaat qilib, unga tuman prokurorining og‘zaki topshirig‘i bilan allaqachon pishib, yetilgan bug‘doyni yig‘ishtirib olish uchun kombayn berilmayotganini ma’lum qildi. Mazkur holatni batafsil o‘rganish maqsadida “Daryo” muxbiri Farg‘onaning ushbu tumanida bo‘ldi.

    “Zuhra–Madina” fermer xo‘jaligi rahbari Ravshanbek Imomov.

    “Zuhra–Madina” fermer xo‘jaligi rahbari Ravshanbek Imomov.
    Foto: “Daryo”

    Ravshanbek Imomov rahbarligidagi “Zuhra–Madina” fermer xo‘jaligi yerlari “Toshkent–Andijon” yo‘li yoqasida joylashgan. Paxta-g‘allaga ixtisoslashgan xo‘jalikda qo‘shimchasiga 25 bosh qoramol parvarish qilinyapti. Dala shiyponi, yerga ishlov berish uchun texnikalari mavjud. Qariyb 36 gektar yerga paxta, 28,70 gektar yerga bug‘doyning “Asr” navi ekilgan.

    Ayni paytda, barcha fermerlar 2019-yil g‘alla hosilini o‘z vaqtida o‘rib-yig‘ib olish hamda davlat ehtiyojlari uchun boshoqli don xarid qilish bo‘yicha tuzilgan shartnoma rejasini qisqa muddatlarda bajarish taraddudida. Rejani bajargan dehqonlar g‘alladan bo‘shagan maydonlarni peshma-pesh somondan tozalab, shudgorlab, takroriy ekin ekish ishlariga kirishgan. Qisqasi, bunday paytda dehqon uchun har bir kun, soat g‘animat.

    “Zuhra–Madina” fermer xo‘jaligi texnikalari.

    “Zuhra–Madina” fermer xo‘jaligi texnikalari.
    Foto: “Daryo”

    Lekin “Zuhra–Madina” fermer xo‘jaligi dalalaridagi bug‘doy pishib, to‘kilish jarayoniga kelgan bo‘lsa-da, haligacha kombayndan darak yo‘q.

    — Bug‘doyim chillaki. Allaqachon pishgan. Aslida 10-iyundan kechikmay o‘rimga tushishimiz kerak edi. Negadir prokuror bug‘doyni o‘rib, topshirishimga tish-tirnog‘i bilan qarshi bo‘lmoqda. Donni boshqa fermerning nomidan topshirishga rozi bo‘lsam, keyin ruxsat berishar ekan. O‘tgan yilning kuzidan to shu kungacha uning parvarishini o‘zim qildim. Vaqtida suvini qo‘ydim, vaqtida o‘g‘it soldim. Davlatdan bu yilgi g‘alla uchun faqat urug‘lik don olganman xolos. Qolgan ishlar uchun 25 million so‘mdan ortiq o‘z mablag‘imni sarfladim. Shuncha xarajat, shuncha mehnat qilib, endi boshqa fermerga berib yuboraveramanmi hosilni? Bugun hududimizdagi oxirgi fermerning bug‘doyiga kombayn tushdi. Ertaga kombaynlar boshqa hududga o‘tib ketadi”, – deydi “Zuhra–Madina” fermer xo‘jaligi rahbari Ravshanbek Imomov.

    Dalada o‘rilmay qolgan bug‘doy.

    Dalada o‘rilmay qolgan bug‘doy.
    Foto: “Daryo”

    Tuman qishloq xo‘jaligi bo‘limidan olingan ma’lumotga ko‘ra, fermer xo‘jaliklari otryadlarga biriktirilgan. G‘alla otryadlari tomonidan o‘rim navbati bilan amalga oshirilishi belgilangan. Ya’ni, bitta fermer xo‘jaligi dalalaridan shartnoma rejasiga yetarli miqdorda bug‘doy o‘rib olinadi. Reja bajarilgach, g‘alla otryadi kombaynlari bilan boshqa xo‘jalikning bug‘doyini o‘rgani o‘tib ketadi. Chunki boshqa xo‘jaliklardagi pishgan g‘alla o‘rilishi va ular ham rejani to‘ldirishi kerak. Hududdagi barcha xo‘jaliklar o‘z rejasini bajarib bo‘lgach, kombaynlar yana qolib ketgan maydonlarni o‘rishga kirishadi. Fermer xo‘jaliklarining ketma-ketligi qur’a tashlash yo‘li bilan aniqlanadi.

    — “Zuhra–Madina” fermer xo‘jaligi 10-otryadga biriktirilgan. Bug‘doy o‘rimiga tushilayotgan paytda adolat va shaffoflikni ta’minlash maqsadida otryad rahbari G‘ayratjon Mamajonov qur’a tashlash yo‘li bilan kimning bug‘doyi nechanchi o‘rinda o‘rilishini aniqlab bergan. O‘shanda fermer xo‘jaligi raisi Ravshan Imomovga 2-o‘rin tushdi. Hozir hududimizdagi barcha fermerlarning bug‘doyi o‘rib bo‘lindi. “Zuhra–Madina” fermer xo‘jaligi tuman prokurorining protesti bilan tugatilib, boshqa fermerga qo‘shib yuborilgan. Ular bug‘doyni o‘rib, topshirgani bilan onlaynda ko‘rinmaydi. Boshqa fermerning nomidan topshirishga esa rozi bo‘lishmayapti. Shu muammoni kattalar hal qilishi kerak. Bizda kombayn tayyor, ruxsat berishsa bo‘ldi”, – deydi “Madad” MMTP rahbari G‘olibjon Usmonov.

    Aslida muammoning tarixi uzun ekan. Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 9-yanvardagi 14-sonli hamda viloyat hokimining 2019-yil 12-yanvardagi 16-sonli qarorlariga asosan tumandagi fermer xo‘jaliklari maqbullashtirilgan. Maqbullashtirish jarayonida “Zuhra–Madina” fermer xo‘jaligi yerlari “Lazizbek Boytumanov” va “Zuhriddin ishonchi” fermer xo‘jaliklariga qo‘shib yuborilgan. Bu qarordan norozi bo‘lgan fermer xo‘jaligi rahbari yerlarini qaytarib olishga astoydil harakat qilgan. 2019-yilning 4-fevral kuni Buvayda tumani hokimining 591-sonli qarori asosida “Zuhra–Madina” fermer xo‘jaligini yana qaytadan tashkil etishga erishgan. Shu davrda ham g‘alla parvarishini, agrotexnik tadbirlarni o‘z vaqtida amalga oshirgan. Qariyb 36 gektar yerga chigit ekkan.

    Dalada o‘rilmay qolgan bug‘doy.

    Dalada o‘rilmay qolgan bug‘doy.
    Foto: “Daryo”

    Oradan ma’lum vaqt o‘tgach, ya’ni 2019-yil 14-may kuni tuman prokurori bu qarorni bekor qilish haqida 11-19–sonli “Tuman hokimining 04.02.2019 yildagi 591-sonli qarorini bekor qilish va qonunga muvofiqlashtirish to‘g‘risida” protest kiritgan. Tuman hokimi esa 2019-yil 25-mayda 5526-sonli qaror chiqarib, bu protestni qanoatlantirgan. Hamda 4-fevraldagi 591-sonli qarorining 1-ilovasini o‘zgartirgan. Shunday qilib, “Zuhra–Madina” fermer xo‘jaligi bir yilda ikki marta tugatilgan. Lekin rasman tugatilgani bilan amalda boshqa fermer xo‘jaliklari kabi zimmasidagi barcha vazifalarni vaqtida bajargan. G‘alla yetishtirgan, chigit ekib, uni hozirgacha parvarishlab kelgan. Xirmon ko‘tarish vaqti kelganda, bir yillik mehnatiga kuygan dehqon o‘zi yetishtirgan hosilni boshqalarning nomidan topshirishga rozi bo‘lmayapti. Oqibatda, 28,70 gektar yerdagi g‘alla, qariyb 36 gektar yerdagi paxta arosatda qolib ketgan.

    Kechuvda otlar almashtirilmaydi, deyishadi. Chigit ekib, parvarishlanadigan, g‘alla o‘rib-yig‘iladigan dolzarb pallada fermer xo‘jaligini tugatishdan kimga foyda? Shuncha mehnat qilgan, mablag‘ sarflagan, g‘alladan mo‘l hosil yetishtirgan fermerning (hozirda sobiq) taqdiri nima bo‘ladi? Dalada esa 30 gektarga yaqin o‘rilmagan bug‘doy yotibdi. Aslida, bug‘doy pishganidan so‘ng qisqa muddatda yig‘ishtirib olinmasa, boshoqdagi don to‘kila boshlaydi. Hosilning barakasi ketadi. Qolaversa, bug‘doyni tezroq o‘rib, yerni takroriy ekinga tayyorlash kerak.

    Tuman hokimligi, sektor rahbari bu muammoga zudlik bilan yechim topmasa, vaziyat tobora chigallashib boraveradi.

    “Daryo” yana bu mavzuga qaytadi.

    27.06.2019, 14:28   Izoh (0)   41445
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    O‘zbekistonlik yozuvchi afsonaviy “Mushketyorlar” sagasining davomini chop etdi

    27.06.2019, 14:05

    Aris stansiyasida xalqaro yo‘nalishdagi poyezdlar harakati qayta tiklandi

    27.06.2019, 13:54

    “Beruniy” metro bekatida 28 yoshli yigit relsga yiqilib ketdi

    27.06.2019, 13:43

    Toshkent — kayfda!

    27.06.2019, 12:05

    Toshkentning qoq markazidagi xiyobonga yalang‘och erkak va ayollar manekenlari o‘rnatildi (foto)

    27.06.2019, 11:05

    Toshkentda 66 mingdan ortiq zamonaviy urnalar paydo bo‘ladi (foto)

    27.06.2019, 10:00
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    7 yilga penyalarsiz bo‘lib to‘lash imkoniyati — 2025-yil oxirigacha premium-klass kottejlarni qulay muddatli to‘lov asosida xarid qiling! 


    IMZOning Engelberg premium derazalari Niderlandiyaga eksport qilindi 


    Ellipse International School – farzandingiz kelajagi boshlanadigan joy!


    BI Group biznes-toifa xonadon yutuqli o‘yini:Toshkentdagi mavsumning asosiy tadbiri qanday o‘tdi


    Chery O‘zbekistonda sotuvlar bo‘yicha mutlaq rekord o‘rnatmoqda


    Avgust sovg‘alari: Centrum Air 155 ta aviachiptani tortiq qiladi!


    Dividendlar nima: ular qanday ishlaydi va investorlar qanday foyda oladi?


    30-iyul kuni Toshkentda BYD innovatsion mobil moduli o‘z faoliyatini boshladi


    Toshkent Farmatsevtika Instituti — Farmatsiya sohasida xalqaro darajadagi sifatli ta’lim


    Ohangaronda “Turon Enduro Uzbekistan Cup” enduro mototsikl musobaqasi bo‘lib o‘tadi 


    BYD rasmiy dileri Beni Motors Samarqandda BYD Sealion 7 flagman krossoverini taqdim qildi


    Hayot Bank “Yashil yurak” nomli keng ko‘lamli ekologik tashabbusni e’lon qildi. Avgust oyidan boshlab O‘zbekiston bo‘ylab Hayot Bankning har bir yangi omonatchisi uchun bitta daraxt ekiladi


    Biznesga birinchi qadam — “Lux”: Universal bankdan 100 million so‘mgacha imtiyozli kredit


    “Yandex Uzbekistan” informatika o‘qituvchilari uchun ta’limda sun’iy intellekt etikasiga oid intensiv kurslar tashkil etdi


    Oliy ta’lim yetakchilari Toshkentda birinchi QS Eurasia Forum’da birlashadi

     

    Tavsiya etamiz

    Olimlar nufuzli iqlim tadqiqotida xatolik topdi. Aybdor O‘zbekiston bo‘lib chiqdi — WP

    8 avgust, 12:54

    Nega atom bombasi portlaganidan keyin yerda insonlar izi qolib ketgan? Olimlar izohi

    7 avgust, 15:57

    O‘zbekistonda “tonirovka” uchun yozda arzonlashtirilgan narx joriy etilishi mumkin

    7 avgust, 15:45

    Pora, neft va terrorchilik: nega Qatar amiri shov-shuvlar markazidan tushmayapti?

    5 avgust, 11:20
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Germaniya Isroilga qurol yetkazib berishni to‘xtatadi

    Dunyo | 8 avgust, 23:45

    Toshkent viloyatida mashina ustiga chiqib salyut uchirgan bloger 7 sutkaga qamaldi

    O‘zbekiston | 8 avgust, 23:30

    Braziliyada sigir uch kunda rekord miqdorda 343 litr sut berdi

    Dunyo | 8 avgust, 23:14

    Ukraina bilan urush boshlanganidan beri Qodirovlar oilasi 150 taga yaqin mukofot oldi

    Dunyo | 8 avgust, 22:50

    “Hech kim yo‘qligi uchun bergandim”: 5-sinf o‘g‘liga mashina rulini topshirib qo‘ygan otaga chora ko‘rildi

    O‘zbekiston | 8 avgust, 22:35

    Tramp ma’muriyati muhojirlarni Luiziana qamoqxonasiga joylashtiradi — WSJ

    Dunyo | 8 avgust, 22:25

    Toshkentda elektr taʼminotini yaxshilash uchun ikki yilda 2,8 trln so‘m sarflandi

    O‘zbekiston | 8 avgust, 22:23

    O‘zbekistonda ishsizlik nafaqasi miqdori oshiriladi

    O‘zbekiston | 8 avgust, 22:09

    Kutilmagan zarar: idish-tovoq yuvish geli bilan tozalash mumkin bo‘lmagan 5 ta buyum

    Ayollar sahifasi | 8 avgust, 21:55
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.