Butunjahon boks tashkiloti (WBO) iyun oyi uchun bokschilarning yangi reytingini e’lon qildi. Bu haqda GoSport xabar berdi.
Mazkur reytingda super yengil vazn (-63,5 kg) toifasi vakili Shohjahon Ergashev (16 ta g‘alaba, 14 ta nokaut) 8-pog‘onani egalladi. Shohjahon Ergashev ayni vaqtda WBA reytingida to‘rtinchi, IBF reytingida esa 7-o‘rinda bormoqda.
Yarim o‘rta (-66,68 kg) vazn toifasida ringga chiqayotgan Qudratillo Abduqahhorov (16 ta g‘alaba, 9 ta nokaut) esa o‘tgan oyda bo‘lgani kabi 9-o‘rinni saqlab qoldi. Ayni vaqtda Abduqahhorov IBF reytingida birinchi, WBC reytingida esa to‘rtinchi o‘rinni egallab turibdi.
Reytingdan o‘zbekistonlik boshqa sportchilar joy olmagan.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)