• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12778.12
    • RUB164.01
    • EUR14931.23
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +30°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Layfstayl Kino Shou-biznes

    Taqdir taqozosi tufayli aktyorlik sohasiga kelib qolgan mashhurlar

    Har bir yulduz mashhurlikka erishguniga qadar turli qiyinchiliklarni boshdan kechiradi, ko‘p kuch va mehnat sarflagach, mashhurlikka erishadi. Biroq ularning orasida tasodifan kino olamiga kirib qolganlar ham bor. Quyida o‘zlari rejalashtirmagan bo‘lsa-da, birgina uchrashuv tufayli kinoga kelib qolgan aktyor va aktrisalar haqida so‘zlashamiz.

    Jonni Depp

    Foto: National Today

    Kelajakda aktyor bo‘lishni xayoliga ham keltirmagan Jonni Depp musiqa bilan jiddiy shug‘ullanish uchun o‘n besh yoshida maktabni tashlagan. Bir nechta musiqa guruhlarda ishlagach, Depp Lori Ellison ismli ayol bilan turmush qurdi va rafiqasi bilan Los-Anjelesga ko‘chib ketdi. U yerda ayoli Jonnini aktyor Nikolas Keyj bilan tanishtirdi. Lorri turmush o‘rtog‘ida aktyorlik mahorati borligiga ishonardi. Shundan so‘ng Depp do‘sti Jeki Heyli bilan “Elm ko‘chasidagi daxshat” (1984) filmi kastingiga bordi va tanlovdan muvaffaqiyatli o‘tdi. Shu tariqa Jonni Depp kino sanoatiga ilk qadamini qo‘ydi.

    Jennifer Lourens

    Foto: Variety

    Aktrisa o‘n to‘rt yoshida onasi bilan Manhettenda sayohat qilib yurgan paytda unga yosh iqtidorlarni izlab yurgan agentlar murojaat qildi. Jennifer modellik uyiga taklifni qabul qilib, bir necha yil top-model bo‘lib ishladi. Lourens tez orada aktyorlik mahoratini rivojlantirishga qiziqib qoldi. Uning ilk rollari Bill Engvall shousi (2007-2009) sitkomida boshlangan. 22 yoshida Jennifer Lourens “Mening sevgilim aqldan ozgan” (“Silver Linings Playbook”) filmidagi roli uchun “Eng yaxshi aktrisa” nominatsiyasida “Oskar”ni qo‘lga kiritdi.

    Jennifer Lourens aktyorlik ma’lumotiga ega emas. Bundan tashqari, u 14 yoshida maktabdagi o‘qishini tashlab ketgani uchun o‘rta ma’lumotli ham bo‘la olmagan.

    Sharliz Teron

    Foto: Filmix

    Sharliz bolaligida raqqosa bo‘lishni istardi, biroq u tizzasidan olgan jarohatidan keyin boshqa sohani tanlashga majbur bo‘ldi. Teron ijara haqini to‘lashga qiynalgan kunlarning birida bankka keladi. Bank xodimi unga juda zarur bo‘lgan chekni naqd qilishdan bosh tortganida, Teron katta janjal ko‘taradi. Uning dramatik iste’dodidan hayratga tushgan va orqasida navbatda turgan kino agenti Sharlizga tashrif qog‘ozini qoldirib ketadi. Ushbu voqea unga shou-biznesda karyerasini boshlashiga turtki bo‘ldi. 2004-yilda Sharliz Teron “Maxluq” filmidagi qotil Eylin Uornos roli uchun “Oskar” ga sazovor bo‘ldi.

    Chenning Tatum

    Foto: Dzen

    Chenning yoshligida turli sport turlari bilan shug‘ullangan, shu sababli ko‘pchilik uni kelajakda Olimpiya chempioni bo‘ladi, deb o‘ylagan. Oradan vaqt o‘tib, u o‘qishni tashladi, stipendiyasini yo‘qotdi va Mayamiga ko‘chib o‘tdi. U yerda aktyor klubda raqqos sifatida ish boshladi. So‘ng modellik agentligi bilan shartnoma imzoladi va turli kliplarda suratga tushdi. Ko‘plab mashhurlar singari Tatum ham modellik biznesi orqali kino olamiga kirib keldi.

    Mel Gibson

    Foto: USA Today

    Gibson drama maktabida ta’lim olgan bo‘lsa ham, unda aktyorlik mahorati yetarli emas, deb hisoblardi. Mel teatr maktabida o‘qiyotgan paytda barga tashrif buyuruvchilar bilan janjallashib qoladi. Ertasi kuni ertalab u do‘stini kastingga olib boradi va rejissyor darhol yaqinda kaltaklangan yigitga e’tibor qaratadi: ko‘karishlar va jarohatlar Gibsonni jasoratli qilib ko‘rsatardi. Shundan keyin Mel “Telba Maks” filmida bosh rolni o‘ynashga taklif oladi.

    Eshton Katcher

    Foto: Voice

    Eshton dastlab Ayova universitetida biokimyoviy muhandislik fakultetida tahsil oladi. Uning asosiy maqsadi egizak ukasining bosh miya serebral falaji va yurak klapani nuqsoniga davo topish edi. Barda ishlab yurgan kezlari uning oldiga model skaut kelib, “Ayovadagi yangi qiyofalar” tanlovida qatnashishni taklif etadi. Mazkur tanlovda g‘alaba qozongach, Eshton modellik shartnomasini imzolaydi. U Calvin Klein va Versace brendlari bilan ishlaydi. Modellik faoliyati esa Katcherga film sanoati uchun yo‘l ochadi. “70-yillar shousi” filmi unga mashhurlik olib keladi.

    Denni Trexo

    Foto: Mavink

    Denni meksikalik muhojirlar oilasida o‘sgan va jinoiy to‘dalarga qo‘shilgan. Trexo omadsiz edi — u 15 yoshidan 25 yoshigacha Kaliforniyadagi oltita qamoqxonaga tushgan. U o‘z obro‘sini oshirish uchun boks bilan shug‘ullandi, barcha qaramliklardan xalos bo‘ldi va keyinchalik spirtli ichimlik ichuvchilar klubida yordamchi bo‘ldi. O‘sha kunlarda Trexo uni butunlay kutilmagan yo‘lga olib boradigan yigit bilan uchrashdi. U “Xavfli poyezd” (“Runaway Train”) filmida sahna ortida ikkinchi darajali rolni o‘ynadi. Tez orada u o‘zining dahshatli ko‘rinishi hamda tatuirovkalari bilan boshqa rejissyorlarni jalb etdi va ko‘cha bezorilari haqidagi serialda suratga tushdi.

    17.05.2024, 11:35   Izoh (0)   9465
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Onasining soyasida: ota-onasi tufayli mashhur bo‘lgan Gollivud yulduzlari

    27.03.2023, 21:45

    Aktyorlik sohasida tahsil olmagan bo‘lsa-da, dunyo bo‘ylab mashhurlikka erishgan Gollivud yulduzlari (foto)

    12.08.2023, 20:27

    Jahon kinosi yulduzlari aktyor bo‘lmaganida, qaysi kasbni tanlagan bo‘lardi?

    17.04.2024, 18:17

    “Dedpul va Rosomaxa”, “Beverli Hills politsiyasi 4”: jazirama yozning qaynoq premyeralari (treyler)

    17.05.2024, 10:45
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Centrum Air 25-iyuldan Toshkent — Seul to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslarini boshlaydi 


    Ipoteka Bank OTP Group: “Quyosh” — parkentliklar uchun yangi mahalla markazi ishga tushirildi


    SQB dan “TEZKOR+” krediti —  biznesingizni rivojlantirish uchun qulay yechim 


    Osteosarkoma: tashxislash, davolash va fanlararo yondashuv


    Beeline Uzbekistan hududlarda raqamli rivojlanishni jadallashtirmoqda


    Ipak Yo‘li Bankdan Tradeloan: xalqaro bitimlarni moliyalashtirish


    Mikrokreditbankda omonat karta joriy qilindi


    Chiqim va kirim: nazorat sari ilk qadam


    Neo Insurance — sug‘urta bozoridagi raqamli o‘zgarishlarning 2 yillik natijasi 


    “Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi” ISO 9001 va ISO 37001 xalqaro sertifikatlarini qo‘lga kiritdi 


    Turizmdagi trendlar 2025: Xitoyda Markaziy Osiyoga – Qozog‘iston, O‘zbekiston, Qirg‘izistonga qiziqish o‘smoqda


    Ipotekaga xonadon, sovg‘a sifatida esa — omborxona!


    Kia O‘zbekiston bozorini egallamoqda: 2025-yilning birinchi yarmida rekord darajadagi sotuvlar


    Sun’iy intellekt bo‘yicha ikki diplomli ta’lim — UMFT & FAR EAST University hamkorligida


    “InfinBANK” AJ Toshkentda yangi Bank xizmatlari markazini ochdi  

     

    Tavsiya etamiz

    Matriarxat davri qaytadimi: nima uchun qiz farzand tarbiyalash trendga aylanmoqda?

    14 iyul, 13:07

    Oilasini qashshoqlik va ochlikdan qutqargan jangchi yigit: Arda Gyulerning kurashga to‘la hayot maktubi

    13 iyul, 22:15

    Kreml soyasidagi jumboqlar: sirli ravishda vafot etgan rossiyalik tadbirkor va amaldorlar

    10 iyul, 20:40

    Isroilning G‘azodagi qirg‘ini yagona emas: Insoniyat tarixidagi eng yirik genotsidlar qanday sodir bo‘lgandi?

    10 iyul, 19:12
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Trampning Moskva va Sankt-Peterburgga hujum qilishga undagani haqidagi xabarlar rad etildi

    Dunyo | 15 iyul, 23:35

    O‘qishni davlat oliygohlariga ko‘chirish uchun o‘tish ballari tasdiqlandi

    O‘zbekiston | 15 iyul, 23:25

    Dunyoning eng keksa marafonchisi YTH oqibatida vafot etdi

    Dunyo | 15 iyul, 23:10

    Ukrainada ko‘p fuqarolik qonuniylashtirildi

    Dunyo | 15 iyul, 22:55

    Banklarda so‘mdagi kredit foizlari ko‘tarildi

    O‘zbekiston | 15 iyul, 22:45

    AQSHda ofitser tanishuv ilovasi orqali Ukrainaga oid maxfiy ma’lumotlarni uzatgani aniqlandi

    Dunyo | 15 iyul, 22:35

    Safarda bolani nima bilan band qilish mumkin? Xotirjam sayohat qilish uchun 10 ta layfhak

    Farzand | 15 iyul, 22:23

    O‘zbekistonga eng ko‘p sayyohlar qaysi davlatlardan kelayotgani ochiqlandi

    O‘zbekiston | 15 iyul, 22:11
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.