• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12692.42
    • RUB158.44
    • EUR14511.24
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +26°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    “Bolamning otasi mijoz bilan tanishtirgan” — tungi klubdagi tanishuv, psixotrop moddalar va 10 ming dollarga pullanishi kerak bo‘lgan farzand haqida (video)

    Vujudida to‘qqiz oy avaylab, ming mashaqqat bilan dunyoga keltirgan farzandini sotish onalarga xos emas. Chunki ona hech qachon farzandidan voz kechishni istamaydi. Afsuski, ayni damda 21-sonli ayollar koloniyasida jazo muddatini o‘tayotgan xorazmlik Zebiniso Kuranboyeva ana shunday — onalarga xos bo‘lmagan jinoyatga qo‘l urgan.

    Mahkuma Zebiniso Kuranboyeva 23 yoshda. U Jinoyat kodeksining 135-moddasi bilan 4 yilga ozodlikdan mahrum etilgan. U farzandini 10 ming AQSH dollariga sotayotgan vaqtida qo‘lga olingan.

    “Onamning turmush o‘rtog‘i bilan kelishmasdim”

    — Onam Turkmanistonga turmushga chiqqan. Afsuski, olti oylik chaqaloqligimda otam bilan ajrashib, O‘zbekistonga qaytib kelgan. 2004-yilda uylanmagan yigit bilan oila qurdi, 2005-yili ukam dunyoga keldi, 2006-yilda esa meni va ukamni olib Ukrainaga ketishgan. Ota-onam u yerda kiyim-kechak savdosi bilan shug‘ullanishardi, biz esa maktabda o‘qirdik. Avvaliga hammasi yaxshi edi, ammo keyinchalik men va ikkinchi dadam o‘rtasida nizoli vaziyatlar yuzaga keldi. 2018-yilda pasport olish maqsadida O‘zbekistonga qaytib keldim. Undan avvalroq Ukrainada 7 oy hujjatsiz yashaganim uchun meni deport qilishgan. Qaytib mamlakat hududiga kirolmasligimni o‘ylab, onamga “Iltimos, siz ham men bilan qoling”, deb yalinganman. Ammo onam turmushini o‘ylab, meni xolamga vasiylikka berib, o‘zi qaytib ketdi. Afsuski, xolamning uyidagi hayotim ham muammolardan xoli emasdi. Pochcham bir necha marta tegajog‘lik qilganidan keyin uyidan qochib ketishga qaror qilganman, — deydi mahkuma.

    “Xolamning eri tegajog‘lik qilardi”

    — Xolamning oilasida yashashni istamay, bir oy ko‘chadagi do‘stlarimning uyida yashaganman. Mahalla nozirlari bilishgach, meni voyaga yetmaganlarga yordam ko‘rsatish markazlariga yotqizishdi. Ikki kundan keyin xolam olib ketdi. Ammo baribir yana uyida qololmadim. Qochib ketaverganimdan keyin uchastka nozirlari olti oy davomida markazda qoldiradigan bo‘lishdi. Xolamnikida yashashni istamasdim, markazdan chiqqanimdan keyin 2018-yilning 2-iyulida meni Qo‘qondagi qizlar koloniyasiga olib borishdi. Chunki u paytda ko‘cha hayotiga bo‘lgan qiziqishim ortgandi.

    2019-yilning yanvar oyida qizlar koloniyasidan chiqdim. Onam Ukrainadan qaytdi va buvim bilan maslahatlashgan holda meni turmushga bermoqchi bo‘lishdi. Birinchi turmush o‘rtog‘im buvimning dugonasining nabirasi edi, — deydi mahkuma.

    Foto: “Daryo”

    “Bolamning otasi farzandli bo‘lishimni istamagan”

    — Avvaliga hammasi yaxshi edi, ammo ko‘p o‘tmay uning psixotrop tabletkalar ichishi va sotishi haqida bilib qoldim. Men ham sotishda unga ko‘maklashdim. Qo‘lga tushib qamaldi, hamma aybni bo‘yniga oldi. Men esa yana buvimning uyiga qaytib keldim. Ammo ular bilan birga yasholmadim. Ijaraga uy olib, ko‘chib chiqib ketdim. Ofitsiantlik qilib, mashina oldim. Hayotim ancha iziga tushib qolgandi. Keyin tungi klubda bir yigit bilan tanishdim. U bilan birga yashab yurdik. 2022-yilda homilador ekanligimni bildim. U farzandli bo‘lishni istamadi, ammo Ukrainadagi onam bilan gaplashib vaziyatni aytganimda “Boladan voz kechma, o‘zimiz amallab katta qilamiz”, dedi. Farzandli bo‘ldim, ammo u tug‘ma yurak nuqsoni va Daun sindromi taxmini bilan tug‘ildi, — deydi mahkuma.

    “Bolamni sotishni taklif qilishdi”

    — Tungi klubda Temur ismli yigit bilan tanishdim. U bilan tanishuvimga aslida bolamning otasi sabab bo‘lgan. Temur “Kelinoyim ancha yildan beri farzandli bo‘lolmaydi, baribir bolangni boqolmaysan. Yaxshisi uni kelinoyimga bergin”, dedi. Bolamning kasal ekanligini aytganimda “Kasal bo‘lsa ham oladi, bolang sen bilan qiynalib katta bo‘ladi, undan ko‘ra boy xonadonda ulg‘aygani yaxshi-ku”, dedi. Xullas, oxiri rozi bo‘ldim. Chunki o‘zim ham uni katta qilishimga ko‘zim yetmasdi.

    Temur Zulhumor degan ayol bilan tanishtirdi. Men bolamning tahlil natijalarini Toshkentdan olib kelayotganda “10 ming AQSH dollari bersangiz, mayli bolamni sizlarga beraman”, deb xabar yozdim. Ular bilan vokzalda ko‘rishadigan bo‘ldik. Ona va bola xonasida uchrashib, bolani qaytib olmaslik va uni ko‘rmaslik haqida tilxat yozib berdim. Ayol qo‘limga 9 800 AQSH dollari berdi va qolgan pulni bank kartamga o‘tkazib yuborishini aytdi. Xonadan chiqayotganimda tegishli xodimlar qo‘lga olishdi, — deydi mahkuma.

    Foto: “Daryo”

    “Bolam meni tanimaydi”

    — Qilgan ishimdan afsusdaman. Bolamga nisbatan adolatsizlik qildim, pulni o‘ylab kechirilmas xatoga yo‘l qo‘ydim. Bolam bir muddat mehribonlik uyida parvarishlandi. Uzr so‘rab tegishli tashkilotlarga xat yozganimdan keyin uni vasiy sifatida buvimga qaytarib berishdi. Ammo buvim ham ancha keksayib qolgan, avvalgidek kuchi yo‘q. Onam esa Rossiyada yashaydi. Qaniydi, tezroq ozodlikka chiqsam, bolamga o‘zim qarardim. U endigina ikki yoshni qarshilaydi. Meni emas, xolamni ona deb katta bo‘lyapti. Meni tanimaydi ham, — deydi mahkuma.

    14.05.2024, 23:02   Izoh (0)   17273
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Ota-onasi ajrashganidan so‘ng jinoyat yo‘liga kirgan, 17 yoshida bir inson o‘limiga sababchi bo‘lgan yigit nadomatlari (video)

    16.04.2024, 18:21

    O‘g‘rilik qilib 17 yoshida ozodlikdan mahrum etilgan mahkum nadomatlari (foto, video)

    25.04.2024, 13:10

    Qo‘shmachilik, OITS yuqtirishga urinish va farzandlar sog‘inchi. Panjara ortida jazo muddatini o‘tayotgan ayol nadomatlari (video)

    08.05.2024, 22:20

    “Daryo” dayjesti: 14-mayning eng muhim xabarlari

    14.05.2024, 22:40

    Radarlar orqali qayd etilgan qoidabuzarliklar 48 soat ichida kelmasa, bekor bo‘ladimi? Masʼullar tushuntirish berdi

    14.05.2024, 22:30

    Namanganda bir tup daraxtni noqonuniy kesgan shaxs 8,5 mln so‘m jarimaga tortildi

    14.05.2024, 22:00
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    “Biznesni rivojlantirish banki” BMT Taraqqiyot Dasturi bilan hamkorlik qiladi


    ZARMED Universiteti: 200 ta grant sizni kutmoqda


    BYD SEALION 7: Flagman elektr SUV — shahar ko‘chalarida yangi yetakchi 


    Endi Ucell ilovasida Yandex Music’ni tinglash mumkin 


    Toshkentda CRYPTO O₂ forumi bo‘lib o‘tdi: Texnologiya, fintech va tartib‑qoidalar muhokama qilindi 


    Aqlli diversifikatsiya: nima uchun kerak va kapitalni qanday taqsimlash lozim?


    SonetUzStyle tanlovida ishtirok etish uchun arizalar qabuli 15-avgustgacha uzaytirildi


    AVO bank aloqa markazi: innovatsiyalar va yangi xizmat darajasi 


    American University of Technologyʼda bakalavrlar uchun ochiq eshiklar kuni


    AKFA energiya tejovchi romlari: iqlimga moslashtirilgan, qulaylikni ko‘zlagan 


    OKMKda mahalliy dumpkarlardan foydalaniladi 


    STEM va biznes yo‘nalishidagi qizlar uchun TBC Bank’dan ta’lim grantlari — O‘zbekistonda gender tafovutini kamaytirish yo‘lida yangi qadam


    Avvallari xufiyona iqtisodiyotda faoliyat yuritgan eshitish va gapirishda muammosi bor insonlar endi rasmiy sektorga qo’shilib, Poytaxt Parking jamoasining bir qismiga aylandi


    Qo‘ng‘iroqlardan mobil internetga: Toshkent mobil aloqadan foydalanish modelini qanday o‘zgartirmoqda


    InfinBANK va Kwikpay: uyingizga komissiyasiz va mehr bilan xalqaro pul o‘tkazmalari

     

    Tavsiya etamiz

    Trampning Falastinga nisbatan noxolis siyosati: AQSH YUNESKO a’zoligidan nega chiqyapti?

    2 avgust, 18:35

    Kamchatkadagi hodisa yagona emas: so‘nggi 120 yilda ro‘y bergan eng kuchli megazilzilalar

    1 avgust, 18:20

    Tramp uchun xavotirlar: AQSH prezidenti taniqli shaxslarga yosh qizlarni sotgan Jeffri Epshteynning mijozi bo‘lganmi?

    29 iyul, 17:19

    Bir kechada oddiy ofitsiantdan millionerga aylangan ayol: lotereyadan yutilgan 10 mln dollar mashmashasi

    27 iyul, 09:25
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Quyosh faolligi oshdi: 24 soat ichida 15 ta chaqnash kuzatildi

    Dunyo | 2 avgust, 23:50

    “Har qanday xatoga qarshi raketalar bilan javob qaytaramiz” — Hindiston Pokistonga ogohlantirish berdi

    Dunyo | 2 avgust, 23:25

    Superliga. “Dinamo” “Navbahor”ga qarshi bahsda g‘alabani qo‘ldan chiqardi

    Sport | 2 avgust, 23:20

    Davlat byudjetidan nafaqalarga xarajat qisqarib, subsidiyalar ko‘paytiriladi

    O‘zbekiston | 2 avgust, 23:16

    BAA banklari Rossiya kompaniyalarining hisoblarini ommaviy ravishda bloklashga kirishdi

    Dunyo | 2 avgust, 22:55

    Qurollar faqat mustaqil Falastin davlati barpo etilgandagina topshiriladi — HAMAS

    Dunyo | 2 avgust, 22:30

    Superliga. “Bunyodkor” “Neftchi”dan, “Nasaf” “So‘g‘diyona”dan ustun keldi

    Sport | 2 avgust, 22:21

    O‘z joniga qasd qilish, o‘zidan qoniqmaslik va kuchli stress. Ijtimoiy tarmoqlarga bo‘lgan qaramlik nimasi bilan xavfli (foto, video)

    O‘zbekiston | 2 avgust, 22:00
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.