Qozog‘iston fuqarosi Boyqo‘ng‘ir kosmodromiga kirib, Rossiyaga tegishli mulkni o‘g‘irlab ketdi, deb xabar beradi “Gazeta.ru”.
Ta’kidlanishicha, o‘g‘irlik 9-sonli maydonchadagi “Turar-joy xo‘jaligi” DUK hududiy bazasida sodir bo‘lgan. Voqea joyiga yetib kelgan politsiyachilarni bazadan chiqib yaqin atrofdagi qishloqlardan biriga yashirinmoqchi bo‘lgan “KamAZ” turtib yuborishiga bir bahya qolgan.
Avtomobil xususiy uylarning birining hovlisiga kirganida uy egasi politsiya xodimlariga tosh ota boshlagan, shundan so‘ng ulardan birining yuziga boshi bilan urgan, ikkinchisini esa bug‘ib o‘ldirishga uringan.
Tezkorlik bilan yetib kelgan yordam kuchlari o‘g‘ri va bezorini qo‘lga olgan.
Hozirda o‘g‘irlik va hukumat vakillariga nisbatan kuch ishlatish bo‘yicha jinoyat ishi ochilgan.
Izoh (0)