Kamerunda avtobus boshqaruvni yo‘qotib, yuk mashinasiga kelib urilishi oqibatida 22 kishi halok bo‘ldi, yana bir nechtasi jarohatlandi, deb xabar bermoqda “Interfaks”.
“O‘n to‘qqiz kishi voqea joyida, yana uch nafari ularning hayotini saqlab qolish uchun kasalxonaga keltirilganda halok bo‘ldi”, — degan hudud gubernatori.
Halokat 23-iyun kuni Kamerun g‘arbida joylashgan Baxam aholi punktida sodir bo‘lgan. Sayyohlar avtobusi Kamerunning port shahri Dualaga ketayotgan bo‘lgan.
Politsiya taxminiga ko‘ra, qurbonlar soni ortishi mumkin.
Izoh (0)