AQSh Dengiz-harbiy kuchlarining iste’fodagi admirali Jo Sestak AQSh prezidentligiga o‘z nomzodini qo‘yganini e’lon qildi. Bu haqda “Gazeta.ru” xabar berdi.
Uning aytishcha, fuqarolarga aholi uchun javobgarlikni o‘z zimmasiga olib, shaxsiy qiziqishlarini ikkinchi o‘ringa qo‘yadigan shaxs kerak. “Amerikaning dunyoda yetakchiligini ta’minlash va Amerika orzusini amalga oshirish uchun chuqur global tajribaga ega prezident kerak”, — deb qo‘shimcha qilgan u.
Sestak bosh maqsad sifatida global isishning oldini olish va “nohaqliklarga chek qo‘yishga intilish”ni ko‘rsatgan.
Izoh (0)