Indoneziya hukumati mamlakat poytaxtini 2024-yilda Kalimantan orolidagi yangi poytaxtga ko‘chirishni rejalashtirmoqda, deb xabar berdi “Korrespondent.net”.
Bu haqda mamlakat milliy rivojlanish va rejalashtirish vaziri Bambang Brodjonegoro ma’lum qildi.
Vazirlik rahbarining qayd etishicha, poytaxtni ko‘chirish masalalari bilan shug‘ullanuvchi alohida tuzilma tashkil etish rejalashtirilmoqda.
“Bizning reja qilishimizcha kelgusi yilda qonunchilik doirasida bosh reja tasdiqlanadi, 2024-yilda hukumat tuzilmalari yangi poytaxtda ish boshlaydi”, — deyiladi xabarda.
Brodjonegoro bir necha variantlar ko‘rib chiqilganidan so‘ng poytaxtni Yava orolidan Kalimantan oroliga ko‘chirish haqida qaror qabul qilinganini aytib otdi.
“Aniq qaysi shaharligini esa mamlakat prezidenti Joko Vidodo joriy yil davomida aytadi”, — deya qo‘shimcha qildi vazir.
Izoh (0)