Ukraina markaziy saylov komissiyasi Gruziyaning sobiq prezidenti va Odessa viloyati gubernatori Mixail Saakashvilining “Yangi kuchlar qulashi” partiyasidan nomzodlarni Oliy Rada saylovlariga ro‘yxatdan o‘tkazishni rad etdi, deb xabar berdi “Meduza”.
Komissiya a’zolari “Yangi kuchlari qulashi”ning 10-iyunda o‘tkazilgan navbatdan tashqari syezdida deputatlikka nomzodlarni tasdiqlash jarayoni partiya ustavi talablariga zid ravishda o‘tkazilgan, deb topdi.
“Yangi kuchlar qulashi” partiyasidan nomzodlar ro‘yxatida birinchi Mixail Saakashvilining ism-familiyasi yozilgan edi.
May oyi oxirida Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy Saakashviliga fuqarolikni qaytarish haqidagi farmonga imzo chekdi. Shundan so‘ng siyosatchi sud orqali o‘zining Radaga saylanishi huquqini tikladi.
Izoh (0)