Qozog‘istonning Turkiston viloyati Aris shahridagi harbiy qismda yuz bergan portlashdan so‘ng havoga qalin tutun ko‘tarilgani, odamlar mashinalarda shaharni tark etayotgani, mashinasi yo‘qlar esa yosh bolalarini ko‘tarib yo‘lda yugurib ketayotgani aks etgan videolar paydo bo‘ldi, deb xabar berdi “Nur.kz”.
“Odamlar, agar mashinangizda joy bo‘lsa ularni olib keting”, — deyiladi Instagram’da e’lon qilingan videorolik izohida.
Tutayotgan joydan portlayotgan snaryadlarning ovozini eslatuvchi tovushlar chiqayotganini ko‘rish mumkin.
“Odamlar, namuncha shafqatsiz bo‘lmasangiz, mashinangizda joy bor, lekin bamaylixotir odamlarning oldidan o‘tib ketyapsiz.
Hatto yosh bolalilarni ham olib ketmayapsiz. Ularga yordam bersangizchi?”, — deydi odamlar videolar tagiga yozib qoldirilayotgan izohlarda.
https://www.instagram.com/p/BzFWie_Agl5/
https://www.instagram.com/p/BzFYiPGgBK-/
Izoh (0)