Toshkent shahrining Chilonzor tumanida yashovchi 30 yoshli S.G‘. 21-iyun kuni Iqtisod 2-tor ko‘chasida o‘zaro janjal sabab tanishi, 36 yoshli K.Yu.ga pichoq bilan jarohat yetkazgan.
Natijada K.Yu. kasalxonaga yotqizilgan va ko‘rsatilgan tibbiy muolajalarga qaramay vafot etgan. IIVdan xabar berishlaricha, ushbu holat yuzasidan S.G‘. ushlangan.
“Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda”, — deyiladi IIV axborotida.
Izoh (0)