Latviya, Litva, Estoniya, Polsha bosh vazirlari va Yevrokomissiya vakillari Boltiqbo‘yi mamlakatlari elektr tarmoqlari Rossiyadan uzilishi va Yevropa tizimlari bilan sinxronlashtirish bo‘yicha ishlar jadvalini tasdiqladi. Bu haqda “Korresrondent.net” xabar bermoqda.
Sinxronlashtirish uzog‘i bilan 2025-yilgacha hayotga tatbiq etilishi lozim, Yevrokomissiya esa muammolarsiz uzilishni ta’minlash uchun Rossiya va Belarus bilan muzokaralarda ishtirok etadi.
Latviya, Litva va Estoniya hozirda BRELL (Belarus, Rossiya, Estoniya, Latviya, Litva) elektr energetika tizimi halqasida faoliyat olib boradi va Moskvadagi dispetcherlik hamda Rossiya elektr tizimlariga bog‘liq.
Boltiqbo‘yi davlatlari G‘arbiy Yevropa energetika tizimlari bilan Polsha orqali tutashishi ko‘zda tutilgan.
Izoh (0)