O‘zbekistonda zamonaviy urug‘chilik klasterlarini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida hukumat qarori qabul qilindi. Bu haqda “Huquqiy axborot” kanali ma’lum qildi.
Unga ko‘ra, 2019-yilning uchinchi choragidan boshlab Buxoro, Qashqadaryo, Namangan, Samarqand, Surxondaryo va Farg‘ona viloyatlarida qishloq xo‘jaligi ekinlari urug‘liklari ishlab chiqarishning klaster shakli bosqichma-bosqich joriy etiladi.
Urug‘chilik klasterlari “Urug‘chilikni rivojlantirish markazi” DUK hamda investorlarning birgalikdagi ishtirokida tashkil etiladi.
Moliya vazirligi huzuridagi Qishloq xo‘jaligini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan urug‘chilik klasterlariga kredit ajratiladi.
Qaror bilan, shuningdek, urug‘chilik klasterlarini tashkil etish uchun tanlovlarni o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizom, urug‘chilik klasterlari faoliyatini tashkil etish va urug‘chilik klasterlarini tashkil etish uchun tanlovlar o‘tkazish bosqichlari tasdiqlandi.
Izoh (0)