O‘zbekistonda MIB tomonidan o‘tgan 2 yil davomida 54,5 trillion so‘m miqdoridagi qarzdorlik iste’molchilardan undirib olindi. Bu haqda Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida Bosh prokuratura huzuridagi Majburiy ijro byuro vakillari ishtirokida o‘tkazilgan muloqotda ma’lum qilindi.
Ushbu mablag‘dan 26,7 trillion so‘mi elektr energiya, 26,2 trillion so‘mi tabiiy gaz, 1,5 trillion so‘mi suv va 90 milliard so‘mi maishiy chiqindidan qarzi bo‘lgan shaxslardan yig‘ib olingan. Undiruv avvalgiga nisbatan 168 foizga ko‘paygan.
Qayd etilishicha, Adliya vazirligi tomonidan tasdiqlangan ish hajmi me’yoriga ko‘ra, ijrochi bir oyda kamida 19 ta ijro ishini tamomlashi kerak. Hozirgi kunda ish hajmi ko‘pligi hisobiga oyiga bir ijrochi o‘rtacha 137ta ijro ishini amalga oshirmoqda.
“Byuro xodimlariga nisbatan qarshilik holatlari ham bo‘lib turibdi. O‘tgan vaqt mobaynida 319 marta qarshilik holatlari bo‘lib, ular bo‘yicha 130 ta jinoyat ishi ochilgan va 105 ta ma’muriy ish bo‘yicha javobgarlik ko‘rilgan. Mana shunday qarshiliklar ko‘rsatish jarayonida MIBning 4 nafar xodimi vafot etgan”, — deya ta’kidladi MIB vakilari.
Izoh (0)