Nyu-Jersilik baliqchilar “Chelyusti” (“Jag‘lar”) filmini eslatib yuboruvchi vaziyatga tushdi, deb yozmoqda Forum Daily.
Ma’lum, bo‘lishicha, Jeff Krilli 17-iyun kuni bir necha do‘stlari bilan o‘zining Big Nutz Required II nomli qayig‘ida okeanga chiqadi. Bir payt qayiqning old qismida oq akula yaqinlashib kesilgan baliqlar solingan qopga hamla qiladi. Bu qayiqdagilarga 1976-yilgi “Chelyusti” blokbasterini eslatib yuboradi.
Krilli tomonidan Facebook’ga joylangan videoda odamlarning “Voy, bahaybatligini”, degan ovozlari eshitiladi. Qayiqdagilarning hayratlangan ovozlari akula qayiq atrofida aylanib, burnini ko‘tarib, qopdagi baliqlarni yemoqchi bo‘lganida ham davom etadi.
Krillining so‘zlariga ko‘ra, voqea paytida besh kishidan iborat baliqchilar guruhi Manaskuan ko‘rfazidan taxminan 48 kilometr janubi-sharqda bo‘lgan.
Uning aytishicha, akulaning uzunligi 9,5 metr, og‘irligi esa taxminan 900 kilogrammni tashkil etgan. “Biz ko‘p akulalarni ovlaganmiz, lekin bunaqasini ko‘rmagan edik. Uning bahaybat ekanligidan hayratga tushdik”, — deb ta’kidlagan Krilli.
Izoh (0)