Janubiy Qozog‘iston viloyatida joylashgan turistik bazalarning egalari surbet ayiqlardan shikoyat qildi. Shu kabi turbazalardan biriga ayiq uch kun davomida uch marotaba tashrif buyurib, dam oluvchilarning ovqatlarini yeb qo‘ydi, deb xabar beradi Tengrinews.
“Uch kun ichida uch marotaba keldi. Shu yerda yashayapti desa ham bo‘ladi. Hech kimdan va hech nimadan qo‘rqmaydi. Unga qarshi chora topa olmayapmiz. Ayiq qonun himoyasida. Dam oluvchilarni kim himoya qiladi?! Maskanimizga tashrif buyuradiganlar soni kamayib ketmoqda”, — deydi shu kabi maskanlardan birining egasi Sergey Tretyakov.
Sharqiy Qozog‘iston viloyati Tabiiy resurslar va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasi boshlig‘i Murat Kusainov Qishloq xo‘jaligi vazirligi hozirda ayiqlarni otib tashlashga ruxsat olish ustida ish olib borayotganini ma’lum qildi.
Izoh (0)