Zimbabveda ayol bola ko‘z o‘ngida tashlangan timsohdan qutulib qoldi, deb yozmoqda ZBC News.
Voqea 47 yoshli Emeri Pondani (Emery Pondani) baliq ovlayotganida sodir bo‘lgan. “Men to‘rni tashladim va suvda to‘lqin hosil bo‘lganini ko‘rdim. O‘g‘lim kattaroq narsa tutib oldim deb o‘yladi, biroq reptiliya ko‘ksimdan tishlab olib suvga tortib ketdi”, — deydi ayol.
Ayol timsoh hujum qilganda uning og‘zini yopish kerakligini eslaydi va qo‘lini uning tomog‘iga tiqadi. U yirtqich bilan olishishda davom etadi va oxiri undan qutulishga erishadi. Hozirda ayol kasalxonada davolanmoqda.
Zimbabveda uzunligi 5 metrgacha yetadigan Nil timsohlari tarqalgan. Ular juda agressiv bo‘lib, qora karkidon, begemot, jirafa, sher kabi kuchli hayvonlarga ham teng kela oladi.
Izoh (0)