Yer yuzi aholisi 2050-yilda 9,7, 2100-yilga kelib esa 10,8 milliardga yetishi mumkin. Bu haqda BMT hisobotida ma’lum qilingan, deya xabar beradi Meduza.
Mazkur hisobotga ko‘ra, 2027-yilga kelib Hindiston aholi soni bo‘yicha Xitoydan o‘tib ketishi mumkin.
Qayd etilishicha, demografik prognozlar 2050-yilgacha bo‘lgan dunyo aholisi soni ortishining yarmidan ortig‘ini 9 mamlakat—Hindiston, Nigeriya, Pokiston, Kongo, Efiopiya, Tanzaniya, Indoneziya, Misr va AQSh ta’minlashini ko‘rsatmoqda.
Izoh (0)