AQSh ma’muriyatida Erondagi yadro obyektiga zarba berish rejasi muhokama qilinmoqda. Bu haqda BMTdagi diplomatik manbalarga tayanib, The Jerusalem Post ma’lum qildi.
“Gap katta ko‘lamdagi bombardirovka haqida ketmoqda. Ammo u bitta aniq nishon bilan chegaralanadi”, — deya ta’kidlagan manba.
Mazkur masala bo‘yicha muzokaralarda yuqori martabali harbiy rahbarlar, Pentagon vakillari va AQSh prezidenti Donald Trampning maslahatchilari ishtirok etayotgani bildirilmoqda.
Erondagi aynan qaysi yadro obyektiga zarba berilishi mumkinligiga aniqlik kiritilmagan.
Izoh (0)