Yaponiyada 6,5 balli yer qimirlashidan so‘ng sunami kelishi xavfi e’lon qilindi. Bu haqda “Gazeta.ru” xabar berdi.
Shimoli-g‘arbiy sohilda bir metrgacha to‘lqin balandligida sunami ko‘tarilish xavfi bor.
Zilzilaning markazi Niigata shahridan 85 kilometr shimol-sharqda joylashgan.
Zilziladan jabr ko‘rganlar haqida ma’lumot yo‘q.
Izoh (0)