Misrning sobiq prezidenti Muhammad Mursi Qohira shahrida dafn etildi, deb yozadi “RBK”.
Qayd etilishicha, Mursi shaharning sharqiy qismidagi Madinat-Nasr tumanida oila a’zolari ishtirokida dafn etilgan.
Marhum advokatining so‘zlariga ko‘ra, Tora qamoqxonasi kasalxonasida marhumga janoza o‘qilgan.
Avvalroq Mursining o‘g‘li Abdulla Misrning sobiq prezidenti oilaviy qabristonga dafn etilishi hukumat tomonidan taqiqlanganini ma’lum qilgan edi.
Izoh (0)