Misr ichki ishlar vazirligi mamlakatda maxsus holat rejimini e’lon qildi. Bu haqda “Liga Novosti” xabar berdi.
Butun Misr hududi bo‘ylab qo‘shimcha politsiyachilar ish olib bormoqda. Huquq-tartibot organlarining ta’tilga chiqishi bekor qilingan, davlat va xususiy tashkilotlari, masjid va cherkovlarda xavfsizlik choralari kuchaytirilgan.
Ushbu favqulodda holat choralari mamlakat sobiq prezidenti Muhammad Mursining o‘limi bilan bog‘liq.
2013-yilda harbiylar tomonidan taxtdan ag‘darilgan Mursi sud zalida hushidan ketgach vafot etdi.
Izoh (0)