Samarqand viloyatida 16-iyun kuni “Qoradori-2019” keng qamrovli tadbiri o‘tkazildi, deb xabar berdi IIV Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi.
16-iyun kuni o‘tkazilgan “Qoradori-2019” keng qamrovli tadbiri davomida Samarqand viloyatining Urgut tumanida yashovchi 32 yoshli B.Aning uyi yerto‘lasidan 4 kilogramm 635,69 gramm “opiy” giyohvandlik moddasi saqlayotganligi aniqlanib, daliliy ashyo sifatida olindi.
Holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Izoh (0)