2019-yil 15-iyun kuni Qashqadaryo viloyati IIB Transportda xavfsizlikni ta’minlash boshqarmasi va Qarshi shahar iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurash departamenti xodimlari tomonidan tezkor tadbir o‘tkazildi.
Tadbir davomida Qarshi tumanida yashovchi 24 yoshli A.N. ismli ayol tanishi 28 yoshli F.M. bilan o‘zaro jinoiy til biriktirib, o‘zi dunyoga keltirgan 10 kunlik o‘g‘il chaqaloqni “Qarshi” temir yo‘l vokzali oldida joylashgan avtobuslar to‘xtash joyida 1 000 AQSh dollariga sotayotgan vaqtlarida ushlangan.
Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Izoh (0)