Namangan shahridagi O‘rta Rovuston mahallasida joylashgan avtomobillarga gaz quyish shoxobchasida VAZ-21011 rusumli mashina yonib ketdi. Bu haqda “Daryo”ga viloyat FVV YOXB targ‘ibot guruhi ma’lum qildi.
Hodisa bugun, 18-iyun kuni soat 13.55 atrofida ro‘y bergan.
Haydovchi mashinasini gaz kolonkasida qoldirib, to‘lov uchun kassaga yo‘l olganida portlash sodir bo‘lgan. Yong‘in oqibatida mashina kuzovi va saloni zararlangan, hujjatlar yonib ketgan. Qurbonlar va jarohatlanganlar bo‘lmagan.
Hozirda yong‘in sababi va aybdori aniqlanmoqda.
Izoh (0)