• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12413.79
    • RUB154.86
    • EUR14468.27
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +27°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Samarqand to‘liq turizm shahriga aylantiriladi. Viloyat hokimligi va tashkilotlar tarixiy joydan boshqa yerga ko‘chiriladi

    18-iyun kuni Samarqand viloyat hokimligida viloyat hokimi Erkinjon Turdimov va jurnalistlar o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Uchrashuvda viloyat hokimi so‘nggi paytlarda ijtimoiy tarmoq va internet saytlarida Samarqand bilan bog‘liq turli gap-so‘zlarga oydinlik kiritish hamda kelgusida amalga oshiriladigan ishlar yuzasidan ma’lumot berib o‘tdi.

    Foto: Baxtiyor Mustanov

    Foto: Baxtiyor Mustanov

    – Biz ommaviy axborot vositalari bilan yaqin aloqada bo‘lishimiz kerak, deya so‘z boshladi Erkinjon Turdimov. – Tuman va shahar hokimlariga jurnalistlar uchun hech qanday to‘sqinlik qilmaslikni, ular uchun barcha eshiklar ochiq bo‘lishi haqida ko‘rsatma beramiz. Qolaversa, sayyor qabullar ham tashkil qilib, haftaning payshanba va yakshanba kunlari tuman hokimlari va davlat tashkiloti rahbarlarining televideniyeda chiqish qilishini belgilab qo‘yganmiz.

    1870-yilda qurilgan Universitet xiyobonida aholining madaniy dam olishini mazmunli tashkil etish maqsadida 1400 metr uzunlikka ega bo‘lgan xiyobonning 180 metrida obodonlashtirish ishlari amalga oshirilmoqda.

    – Yil boshida Samarqand shahar obodonlashtirish boshqarmasi va boshqa mas’ul kishilar Turkiyaning Anqara shahriga xizmat safariga borib u yerda istirohat bog‘lari va xiyobonlar tashkil etish, saqlash bo‘yicha tajriba o‘rganib keldi. O‘z navbatida turkiyalik mutaxassislar Samarqandga kelib, o‘z takliflarini bildirdi. Shu asosida Universitet xiyobonining asl qiyofasini saqlagan holda unga zamonaviy qiyofa berish, aholi va mehmonlar hordiq chiqaradigan ko‘rkam maskanga aylantirishga bel bog‘ladik. Biz xiyobonni qiyofasini o‘zgartirmagan holda obodonlashtirish ishlari olib boriladi. Xiyobondagi har bir daraxt alohida raqamlanib pasportlashtiriladi, — deydi Erkinjon Turdimov.

    Xiyobonda asosan kommunikatsiya tizimi to‘liq yangilanadi. Yo‘laklar zamonaviy ko‘rinishga ega bo‘ladi. Tarixiy ko‘rinishga mos o‘rindiq va yoritish chiroqlari o‘rnatiladi. Xiyobon o‘rtasidagi asosiy yo‘lakka granit tosh terilib, ikki chetdagi hozirgi qumli yo‘laklar o‘rnida rezinadan yugurish yo‘lakchalari tashkil etiladi. Hududda foydalanilmay turgan nasos stansiyasi o‘rnida zamonaviy hojatxona qurish rejalashtirilmoqda. Lekin bu borada hali yakuniy qarorga kelingani yo‘q. Eng yaxshi takliflar o‘rganilmoqda. Favvoralarni rekonstruksiya qilish ko‘zda tutilgan.

    Shuningdek, xiyobonda ushbu maskan kim tomonidan, qachon tashkil etilgani va boshqa ma’lumotlar aks etgan lavha, shaharning bosh rejasi va soat joylashtiriladi. Shuningdek, Wi-Fi hududlar tashkil etiladi. Xiyobondagi obodonlashtirish ishlari bosqichma-bosqich amalga oshiriladi. Xiyobonning dastlabki 180 metr qismidagi ishlar yakunlangach, keyingi qismga o‘tiladi.

    Foto: Baxtiyor Mustanov

    Foto: Baxtiyor Mustanov

    Uchrashuv davomida Erkinjon Turdimov shaharning boshqa hududlarida tashkil etiladigan, obodonlashtiriladigan istirohat bog‘lari va xiyobonlari haqida ham ma’lumot berdi. Xususan, joriy yilda So‘g‘diyona maskanidagi va Ogahiy mahallasidagi xiyobonlar ham zamonaviy ko‘rinishda obodonlashtiriladi. Kimyogarlar shaharchasida yangi istirohat bog‘i tashkil etiladi. Shaharning yangi tashkil etilgan Qorasuv massivida ham istirohat bog‘i va stadion barpo etiladi.

    – Alisher Navoiy ko‘chasini ham tunu kun piyoda sayr qilish mumkin bo‘lgan maskanga aylantiramiz. Ko‘chaning ikki tarafida shunga mos xizmat ko‘rsatish nuqtalari, ko‘ngilochar maskanlar tashkil etiladi. Bu ko‘chaning ham tarixiy qiyofasi saqlab qolinadi. Samarqandni tarixiy jozibasini saqlagan holda sayyohlik markaziga aylantirmoqchimiz, — deydi Erkinjon Turdimov.

    Viloyat hokimining ta’kidlashicha, Samarqand shahrining 1123 gektar yer maydoni tarixiy, 1369 gektar yer maydoni bufer zona hisoblanadi. Kelgusida shaharda katta o‘zgarishlar amalga oshiriladi. Shaharning tarixiy qismida sayyohlar uchun barcha shart-sharoitlar yaratiladi. Viloyat hokimligi va boshqa tashkilotlar yangi qurilayotgan shaharga ko‘chiriladi.

    – Biz bosqichma-bosqich shaharning infrastrukturasiga o‘zgartirish kiritib boramiz. Ayni paytda Qorasuv massivida 14–16 qavatli uylar qurilish ishlari boshlangan. Kelgusida 30 qavatli binolar ham quriladi. So‘g‘diyona massivi va Kimyogarlar qo‘rg‘onini bog‘lab turuvchi 6 kilometrli Narpay ko‘chasida ham yangi ko‘p qavatli uylar quriladi. Shuningdek, Samarqand tumanining katta magistral yo‘li bo‘ylab Nurobod tumaniga ketish yo‘lida ham yangi uylar quriladi. Viloyat hokimligi va tashkilotlar shaharning tarixiy qismidan ana shu hududlarga joylashadi. Shaharning tarixiy qismida avtomobillar qatnovi kamaytirilib, tezlikni 30 kilometr soatdan oshirmaydigan qilib qo‘yamiz. Albatta, bu ishlar bosqichma-bosqich amalga oshiriladi, — deydi Erkinjon Turdimov.

    Ma’lumotlarga ko‘ra, o‘tgan yil Samarqandga 355 ming sayyoh kelgan. Bu yil 510 mingga yaqin turist kelishi kutilmoqda. Tarixiy va bufer zonalarda 9500 ta turar joy, 1200 ta noturar joy obyektlari bor. Hozirda shaharning bosh rejasini ishlab chiqishda bu jihatlar inobatga olinmoqda.

    Erkinjon Turdimovning ta’kidlashicha, Samarqand shahrida 2022-yilda o‘tkazilishi rejalashtirilayotgan Shanxay Hamkorlik Tashkiloti sammiti obyektlari, shahardagi ariqlar atrofini obodonlashtirish, aholiga transport xizmati ko‘rsatish sifatini oshirish masalalari yuzasidan ham keng qamrovli ishlar amalga oshiriladi.

    18.06.2019, 19:06   Izoh (0)   20983
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Prezidentning kuyovi joylagan video ommalashib ketdi va samimiy izohlarni to‘pladi

    18.06.2019, 18:34

    Samarqandning Bulung‘ur—Jomboy yo‘lida avtobus va yuk mashinasi to‘qnashib ketdi (foto)

    18.06.2019, 18:34

    Samarqandda fuqaro MAN yuk mashinasiga solyarka quyayotganida yong‘in yuz berdi

    18.06.2019, 18:25

    Maxsus sirtqi bo‘limga nima uchun kvotalar e’lon qilinmadi, u yopildimi?

    18.06.2019, 18:08

    Qarshidagi mahalla mas’ullariga soliq yig‘ish majburiyati yuklatilgani haqidagi maqolaga Qashqadaryo viloyati DSB munosabat bildirdi

    18.06.2019, 17:45

    Namangandagi davlat xizmatlari markazida ilk abituriyentdan hujjat qabul qilindi

    18.06.2019, 17:33
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Pepsi Taste Challenge 2025: Pepsi yana oldinda — O‘zbekistonda 59,28% ovozga sazovor bo‘ldi 


    “Biznesni rivojlantirish banki” 1 trln 273 mlrd so‘mlik ipoteka krediti ajratdi


    Universalbank o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar uchun yangi “Mikrokredit 300 ”ni ishga tushirdi 


    Accor Toshkentda Swissôtel Tashkent ochilishini nishonlamoqda, shveysariya uslubidagi hashshamatni O‘zbekiston poytaxtiga olib kelmoqda


    Smart Business O‘zbekistonda UZCARD va Humo kartalarini qabul qilish uchun yagona yechimni taqdim etadi 


    “Trastbank” kichik biznesni rivojlantirish uchun 1 mlrd so‘mgacha kredit taklif etadi


    BI Group O‘zbekistonda turar joy binosining zilzilabardoshligini ochiq sinovdan muvaffaqiyatli o‘tkazdi


    Imzo Glass mahsulotlari Buyuk Britaniyaga eksportga yuborildi


    Kelajak – bugungi qilgan harakatingiz samarasidir. O‘zingizga ishonch esa har qanday yutug‘ingizning boshlanishi 


    UZTELECOM simli internetni modernizatsiya qilmoqda: abonentlar GPON va FTTx orqali 100 Mbit/s dan yuqori tezlikka ega bo‘ladilar


    Mobiuz Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida 5G ning yangi imkoniyatlarini ochmoqda


    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!


    Kapitalbank va Korporativ sport assotsiatsiyasi hamkorlik memorandumini imzoladi


    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi 


    HAVAL O‘zbekistonda yangi modellarni namoyish etdi: HAVAL H6 Facelift va HAVAL H9 taqdimot kechasi

     

    Tavsiya etamiz

    Yahudiylarning “Tarixiy vatan” va “Buyuk Isroil” haqidagi puch da’volari: Falastin aslida kimga tegishli?

    23 avgust, 13:22

    “Rusning sharmandali blitskrigi”. Urush taqdirini belgilab bergan Kiyev jangi qanday yakunlangan edi?

    22 avgust, 20:08

    Islom Karimovning sobiq matbuot kotibi “Otamdan qolgan dalalar” filmi taqiqlanish sababini oshkor qildi

    21 avgust, 11:58

    Turkiyada oyoq suyaklarini sindirib, bo‘yni o‘stirish operatsiyasi ommalashmoqda (foto)

    21 avgust, 11:52
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    NASA hamkorligida yaratilgan sun’iy intellekt Quyoshdagi chaqnashlarni 2 soat oldin prognoz qila oladi

    Dunyo | 23 avgust, 22:50

    “AQSH bosimiga qarshi birdammiz”: Xitoy Hindistonni qo‘llab-quvvatladi

    Dunyo | 23 avgust, 22:10

    Superliga. “Nasaf” “Surxon”dan ustun keldi, “OKMK” “Xorazm” darvozasiga 3 ta gol kiritdi

    Sport | 23 avgust, 21:50

    Xitoyda ko‘prik qulashi oqibatida 12 nafar ishchi halok bo‘ldi (video)

    Dunyo | 23 avgust, 21:35

    Rauf Parfi, Muhammad Yusuf va boshqa marhum ijodkorlar ordenlar bilan mukofotlandi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 21:11

    Muftiy Nuriddin Xoliqnazarov “Oliy darajali imom Buxoriy” ordeni bilan taqdirlandi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 20:46

    Ispaniyadagi plyajlar zaharli va noyob shilliqqurt sabab yopildi

    Dunyo | 23 avgust, 20:10
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.