Prezidentning kuyovi joylagan video 90 ming martadan ko‘proq tomosha qilinib, 23 mingdan ortiq layk va 300 ga yaqin izoh to‘pladi.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Prezidentining kuyovi, Shahnoza Mirziyoyevaning turmush o‘rtog‘i Otabek Umarov o‘zining Instagram’dagi sahifasida kenja qizi Rania bilan tushgan videosini e’lon qilgan edi.
Qisqa rolikda Otabek Umarov musiqa sadolari ostida qizalog‘ini bag‘riga bosib, u bilan raqsga tushmoqda.
“Mening malikam Rania”, — deya izoh qoldirgan u video ostida.
Otabek Umarovning obunachilari ota va qizning iliq munosabatlaridan zavqlanib, izohlar qoldirgan.
Qayd etish joiz, post shahulya akkauntidan repost qilingan. U rafiqasi Shahnozaning sahifasi deb taxmin qilinmoqda.
“Mening ham ikki qizim va bir o‘g‘lim bor. Bu baxt! Axir bu vatanimiz, hayotimizning mazmuni”, — deb yozgan foydalanuvchilardan biri.
“Qanday baxtli otasiz! Siz uchun xursandman!” — deya o‘z fikrini bildirgan yana biri.
https://www.instagram.com/p/ByyT9g_H0gE/
Izoh (0)