18-iyun kuni Samarqand viloyatining Bulung‘ur va Jomboy tumanlari tutashgan M39 yo‘lining 1061-kilometrida yuk ortilgan KamAZ va Samarqandga kirib kelayotgan yo‘lovchisi bor N 064 RA raqamli avtobus to‘qnashib ketdi. Bu haqda “Zarnews.uz” xabar bermoqda.
Avtobus KamAZ ortidan kelib urilgan, natijada yuk mashinasi pastlikka qulab ketgan. Voqea sodir bo‘lgan joyda haydovchi yuk mashinasidan sakrab, hayotini asrab qolgan. Jabrlanganlar yo‘q.
Izoh (0)