AQSh Yaqin Sharqdagi kontingenti sonini oshiradi va mintaqaga yana 1000 nafar harbiy xizmatchini yuboradi. Bu haqda Pentagon rahbari vazifasini bajaruvchi Patrik Shanaxan ma’lum qildi, deya xabar beradi “Korrespondent.net”.
U o‘z bayonotida Ummon bo‘g‘ozida tankerlarga hujumni eslatib o‘tdi.
“Bu hujumlar Eron kuchlari va ularning nazoratidagi guruhlar amalga oshirayotgan tajovuzkor harakatlar haqida olgan ma’lumotlarimiz ishonchliligi va aniqligini tasdiqlamoqda”, — dedi Shanaxan.
Izoh (0)