Xitoy janubi-g‘arbida sodir bo‘lgan zilzila oqibatida halok bo‘lganlar soni 12 kishiga, jarohat olganlar soni esa 134 kishiga yetdi, deb xabar beradi “Exo.Moskvi”.
Avvalroq, halok bo‘lganlar soni 11 kishi, jarohat olganlar esa 122 kishini tashkil etgani haqida xabar berilgandi.
Seysmologik faollik Sichuan va Guychjou pronvinsiyasi chegaralarida qayd etilgan. Yer osti silkinishlarining epimarkazi Channin qishlog‘idan 19 kilometr janubi-sharqda joylashgan. Zilzila o‘chog‘i 10 kilometr chuqurlikda. Shundan so‘ng bir necha bor 5,3 magnitudali zilzilalar sodir bo‘lgan.
Izoh (0)