Xitoy janubi-g‘arbida joylashgan Sichuan provinsiyasida bir necha bor kuchli yer osti silkinishlari qayd etildi, deb xabar beradi “Korrespondent.net”.
5,8 magnitudali zilzila Channin qishlog‘i yaqinida mahalliy vaqt bilan 22:55 da qayd etilgan. Oradan 40 daqiqa o‘tgacha xuddi shu okrugda joylashgan yana bir qishloqda 5,2 magnitudali yer osti silkinishi ro‘y bergan.
Mahalliy hukumatning ma’lum qilishicha, zilzila oqibatida 11 kishi halok bo‘lgan va yana 122 kishi jarohat olgan.
Ta’kidlash kerakki, Sichuan provinsiyasi Xitoyning seysmologik faol hududlaridan hisoblanadi. 2008-yilning may oyida ushbu provinsiyada 8 magnitudali zilzila sodir bo‘lgandi.
Izoh (0)