Prezident Shavkat Mirziyoyev Qirg‘iziston va Tojikistonga safarlarini yakunlab, Toshkentga qaytib keldi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar bermoqda.
Avval xabar berilganidek, Prezident Bishkek shahrida o‘tgan Shanxay hamkorlik tashkiloti hamda Dushanbe shahrida bo‘lgan Osiyoda hamkorlik va ishonch choralari bo‘yicha kengash sammitlarida ishtirok etdi.
Sammitlar doirasida qator xorijiy delegatsiyalar rahbarlari bilan samarali muzokaralar ham o‘tkazdi.
Izoh (0)