• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12413.79
    • RUB154.86
    • EUR14468.27
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +27°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Andijondagi ko‘p qavatli uyda yuz bergan yong‘inga nima sabab bo‘ldi?

    15-iyun kuni ertalab ijtimoiy tarmoqlarda Andijon shahridagi 1-kichik daha, “Yoyilma” mahallasi hududidagi to‘rt qavatdan iborat 1-uyning tom qismida sodir bo‘lgan yong‘in to‘g‘risida videolavhalar paydo bo‘ldi. Ushbu voqea yuzasidan “Daryo” muxbiri voqea joyiga borib, jurnalistik surishtiruv olib bordi.

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    Shahar hokimligi bergan ma’lumotlarga, mazkur uy 6 ta podyezd, 64 xonadondan iborat bo‘lib, 180 nafardan ortiq aholi istiqomat qiladi. Bino 1972-yilda qurib bitkazilgan, o‘tgan yili ta’mirlash ishlari olib borilgan.

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    Jamila Otaboyeva shu uydagi xonadonlardan birida istiqomat qiladi. Yong‘indan ilk xabardor bo‘lganlardan biri.

    — Bugun dam olish kuni bo‘lganligi sababli, ertalabdan farzandim bilan pastdagi gulxonani obodonlashtirishga kirishgan edik, — deydi Jamila Otaboyeva. — Bir payt turli ovozlar eshitila boshlandi. Qayerdan kelayotganini bilish uchun atrofga razm soldim. Dastlab hech narsani payqamadik. Tom tarafga qaraganimda burqsab tutun chiqayotganini ko‘rib qoldim. Qora tutun butun uyni qamrab olgandi. Vaqtdan yutkazmaslik uchun darhol yong‘in xavfsizligi xizmatiga qo‘ng‘iroq qildim. Qo‘shnilarni xabardor qilishga intildim. Bu orada o‘t o‘chiruvchilarning bir qismi yetib keldi. Keyin o‘nga yaqin mashinalar qo‘shildi. Yong‘in alangaga aylanib ulgurganligi uchun tinimsiz suv sepishardi. Yarim soatlar chamasi qilingan harakat natijasida yong‘in bartaraf etildi.

    — Uyimizining tomida yong‘in chiqqanini eshitib shok holatga tushib qoldik, - deydi ushbu uyda yashovchi “Aslzoda” shirkati raisi Muhabbatxon Qodirova. — Oramizda katta va kichik yoshdagilar bor emasmi, eshitib hushidan ketganlar ham bo‘ldi. Tez yordam mashinalari zudlik bilan yetib kelib murojaat qilganlarga birinchi tibbiy yordamni ko‘rsatdi. Eng asosiysi, hech kim hech qanday talofat ko‘rganlar yo‘q, qurbonlar bo‘lmadi. Olov xonadonlarga tutashmagani ham bizni baxtimiz, desam adashmayman. Yong‘inni o‘chirish davomida Andijon shahri hokimi biz bilan suhbat o‘tkazib, sabrli bo‘lishimizni so‘radi.

    Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi yong‘in xavfsizligi boshqarmasi boshlig‘i, podpolkovnik Jasurbek Karimovning ma’lum qilishicha, yong‘in elektr simining qisqa tutashuvidan kelib chiqqani taxmin qilinmoqda. Uning natijasida 500 kvadrat metr tom qismi zarar ko‘rgan.

    – Ushbu hodisa yuzasidan zudlik bilan ishchi guruh tashkil qilindi va barcha podyezdlarda o‘rganishlar boshlab yuborildi, — deydi Jasurbek Karimov. — Ayni paytda xonadonlarga bittama-bitta kirilib elektr va gaz tizimlarining soz yoki nosozligi tekshirilmoqda. Shuningdek, fuqarolarga xavfsizlik qoidalariga rioya etishlari bo‘yicha tushuntirish ishlari olib borilmoqda.

    Andijon shahri hokimi Dilmurod Rahmatullayevga ko‘ra, baxtsiz hodisa va uni natijasida yetkazilgan moddiy zararni aniqlash bo‘yicha hokimlik tomonidan maxsus ishchi guruhi tuzilgan.

    — Zarar ko‘rgan joylarni tozalash va obodonlashtirish ishlarini amalga oshirish uchun shahar obodonlashtirish boshqarmasi xodimlari, yordam qo‘lini cho‘zishni istagan mahalla faollari va shu uyda yashovchi xodimlar jalb etildi, — deydi shahar hokimi.

    — Yong‘in bartaraf etilgach bir soat mobaynida tom yog‘och, tunuka qoldiklaridan tozalandi. Tozalash ishlari tugagach bu yerda quruvchi tashkilotlar ishni boshlaydi. Hozirga qadar yangi qurilish materiallari yetkazib kelinmoqda. Barcha xarajatlar mahalliy budjet hisobidan qoplanadi va bir hafta mobaynida tom qaytadan yopilib, yangilanadi.

    15.06.2019, 15:36   Izoh (0)   29396
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Shavkat Mirziyoyev: O‘zbekiston fan, ta’lim va madaniy-gumanitar yo‘nalishdagi hamkorlikning muvofiqlashtiruvchisi bo‘lishga tayyor

    15.06.2019, 15:15

    Dushanbeda Osiyoda hamkorlik va ishonch choralari bo‘yicha kengashning navbatdagi sammiti boshlandi

    15.06.2019, 14:15

    Nukusda yuz bergan dovul qanday oqibatlarga olib keldi? (foto)

    15.06.2019, 13:50

    Termizda 90 ta oila yangi uyga ko‘chib o‘tdi (foto)

    15.06.2019, 13:32

    Gulnora Karimovaning qizi DXX raisi va Bosh prokuraturaga ariza yozdi

    15.06.2019, 12:59

    O‘zbekiston energetika vaziri Mitsubishi kompaniyasi vakili bilan uchrashdi

    15.06.2019, 12:50
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Universalbank o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar uchun yangi “Mikrokredit 300 ”ni ishga tushirdi 


    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi 


    “Biznesni rivojlantirish banki” 1 trln 273 mlrd so‘mlik ipoteka krediti ajratdi


    Smart Business O‘zbekistonda UZCARD va Humo kartalarini qabul qilish uchun yagona yechimni taqdim etadi 


    Imzo Glass mahsulotlari Buyuk Britaniyaga eksportga yuborildi


    UZTELECOM simli internetni modernizatsiya qilmoqda: abonentlar GPON va FTTx orqali 100 Mbit/s dan yuqori tezlikka ega bo‘ladilar


    “Trastbank” kichik biznesni rivojlantirish uchun 1 mlrd so‘mgacha kredit taklif etadi


    Mobiuz Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida 5G ning yangi imkoniyatlarini ochmoqda


    Accor Toshkentda Swissôtel Tashkent ochilishini nishonlamoqda, shveysariya uslubidagi hashshamatni O‘zbekiston poytaxtiga olib kelmoqda


    Pepsi Taste Challenge 2025: Pepsi yana oldinda — O‘zbekistonda 59,28% ovozga sazovor bo‘ldi 


    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!


    Kapitalbank va Korporativ sport assotsiatsiyasi hamkorlik memorandumini imzoladi


    BI Group O‘zbekistonda turar joy binosining zilzilabardoshligini ochiq sinovdan muvaffaqiyatli o‘tkazdi


    HAVAL O‘zbekistonda yangi modellarni namoyish etdi: HAVAL H6 Facelift va HAVAL H9 taqdimot kechasi


    Kelajak – bugungi qilgan harakatingiz samarasidir. O‘zingizga ishonch esa har qanday yutug‘ingizning boshlanishi 

     

    Tavsiya etamiz

    Yahudiylarning “Tarixiy vatan” va “Buyuk Isroil” haqidagi puch da’volari: Falastin aslida kimga tegishli?

    23 avgust, 13:22

    “Rusning sharmandali blitskrigi”. Urush taqdirini belgilab bergan Kiyev jangi qanday yakunlangan edi?

    22 avgust, 20:08

    Islom Karimovning sobiq matbuot kotibi “Otamdan qolgan dalalar” filmi taqiqlanish sababini oshkor qildi

    21 avgust, 11:58

    Turkiyada oyoq suyaklarini sindirib, bo‘yni o‘stirish operatsiyasi ommalashmoqda (foto)

    21 avgust, 11:52
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    NASA hamkorligida yaratilgan sun’iy intellekt Quyoshdagi chaqnashlarni 2 soat oldin prognoz qila oladi

    Dunyo | 23 avgust, 22:50

    “AQSH bosimiga qarshi birdammiz”: Xitoy Hindistonni qo‘llab-quvvatladi

    Dunyo | 23 avgust, 22:10

    Superliga. “Nasaf” “Surxon”dan ustun keldi, “OKMK” “Xorazm” darvozasiga 3 ta gol kiritdi

    Sport | 23 avgust, 21:50

    Xitoyda ko‘prik qulashi oqibatida 12 nafar ishchi halok bo‘ldi (video)

    Dunyo | 23 avgust, 21:35

    Rauf Parfi, Muhammad Yusuf va boshqa marhum ijodkorlar ordenlar bilan mukofotlandi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 21:11

    Muftiy Nuriddin Xoliqnazarov “Oliy darajali imom Buxoriy” ordeni bilan taqdirlandi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 20:46

    Ispaniyadagi plyajlar zaharli va noyob shilliqqurt sabab yopildi

    Dunyo | 23 avgust, 20:10
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.