• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12413.79
    • RUB154.86
    • EUR14468.27
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +27°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Shavkat Mirziyoyev: O‘zbekiston fan, ta’lim va madaniy-gumanitar yo‘nalishdagi hamkorlikning muvofiqlashtiruvchisi bo‘lishga tayyor

    Shavkat Mirziyoyev Osiyoda hamkorlik va ishonch choralari bo‘yicha kengashning beshinchi sammitida nutq so‘zladi hamda ishtirokchi mamlakatlarning tinchlikni mustahkamlash, ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotni rag‘batlantirish borasidagi sa’y-harakatlarini birlashtirishga qaratilgan qator muhim tashabbuslarni ilgari surdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati ma’lum qildi.

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Davlat rahbari zamonaviy xalqaro munosabatlar tizimi tobora ortib borayotgan beqarorlik va kutilmagan hodisalar bilan izohlanayotganini ta’kidladi. Ulkan iqtisodiy va intellektual salohiyatga ega Osiyo qit’asi mamlakatlari jiddiy xatarlarga duch kelmoqda. Bu, avvalo, ekologiya, demografiya, migratsiya, hayot va ta’lim darajasi pastligi muammolaridir. Ular ijtimoiy nizolarning asosiy manbai, ekstremizm va terrorizm mafkurasi tarqalishi uchun sharoit yaratadigan muhitdir. Ayniqsa, yoshlar o‘rtasidagi radikallashuv jarayoni tashvish uyg‘otadi.

    — Bugungi kunda jahon ishonch inqiroziga yuz tutmoqda. Aslida, mamlakatlar va xalqlar o‘rtasidagi ishonch xavfsizlik va barqarorlikning eng muhim shartidir, — dedi Shavkat Mirziyoyev. — Nazarimizda, ishonch inqirozini bartaraf etish va xavfsizlikni mustahkamlash uchun birinchi navbatda inson kapitalini rivojlantirishga qulay sharoitlar yaratish zarur. Shu munosabat bilan o‘zaro hurmat va jamoaviy mas’uliyatga asoslangan kengashimiz faoliyati har qachongidan ham muhim bo‘lib bormoqda.Davlat rahbari xavfsizlik bo‘linmas, ishonch uning fundamental asosi ekanini qayd etdi.

    Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston tinchlikka erishishga qaratilgan har qanday formatdagi muzokaralarni qo‘llab-quvvatlashini ta’kidladi. Afg‘onistonda tinchlik o‘rnatish va ushbu mamlakatda yirik infratuzilma loyihalarini amalga oshirish butun mintaqa uchun yangi strategik imkoniyatlar ochadi.

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Prezident tashabbusi bilan BMT Bosh Assambleyasining “Ma’rifat va diniy bag‘rikenglik” rezolyutsiyasi qabul qilingan, shuningdek, Yoshlar huquqlari to‘g‘risidagi xalqaro konvensiya loyihasi ishlab chiqilmoqda.

    Shu munosabat bilan davlat rahbari O‘zbekiston fan, ta’lim sohalaridagi va madaniy-gumanitar yo‘nalishdagi hamkorlikning muvofiqlashtiruvchisi bo‘lishga tayyor ekanini bildirdi. Mamlakatimiz xalq diplomatiyasi doirasidagi aloqalarni, jumladan, turizm bo‘yicha forumlarni tashkil etish orqali faollashtirishni muhim deb hisoblaydi.

    “Shubhasiz, bu xalqlarimiz o‘rtasidagi ishonch va o‘zaro anglashuvning oshishiga xizmat qiladi”, — deb ta’kidladi Prezident.

    Shavkat Mirziyoyev dinlararo hamjihatlikni saqlash, ma’rifat va madaniyatlarni o‘zaro boyitish masalalari bo‘yicha tizimli muloqotni yo‘lga qo‘yishni taklif etdi.

    Toshkentdagi O‘zbekiston islom sivilizatsiyasi markazi va Samarqanddagi Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi buning uchun samarali platforma bo‘lib xizmat qilishi mumkinligi ta’kidlandi.

    Iqtisodiy o‘zaro bog‘liklik va mintaqaviy savdoni rivojlantirish borasidagi sa’y-harakatlarni kuchaytirish lozimligi qayd etildi. Bunda avvalo butun mintaqaning tranzit va iqtisodiy salohiyatini ro‘yobga chiqarish imkonini beradigan ustuvor infratuzilma loyihalariga e’tibor qaratish lozim.

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    “Sheriklikni biznes darajasida rivojlantirish barqaror iqtisodiy taraqqiyot drayveri hisoblanadi. Ushbu sohada Hamkorlik konsepsiyasiga muvofiq Kichik biznes bo‘yicha mintaqaviy forumni ta’sis etishni taklif etamiz”, — dedi Shavkat Mirziyoyev.

    Bugungi kunda tobora keskin tus olayotgan ekologik xatarlar ham xavfsizlik va barqaror taraqqiyotga jiddiy tahdiddir. Orol muammosi global miqyosdagi ekologik va gumanitar halokatdir. Shu munosabat bilan ushbu fojia oqibatlarini bartaraf etish uchun sa’y-harakatlarni birlashtirish lozim. Ayni shu maqsadda O‘zbekiston tashabbusi bilan BMT shafeligida donorlik mablag‘larini jalb etish va Orolbo‘yi mintaqasida aniq loyihalarni amalga oshirish uchun ko‘psheriklik asosidagi Trast fondi tashkil etildi.

    Muhokamalar yakunida Osiyoda hamkorlik va ishonch choralari bo‘yicha kengash beshinchi sammitining deklaratsiyasi qabul qilindi.

    15.06.2019, 15:15   Izoh (0)   19475
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Dushanbeda Osiyoda hamkorlik va ishonch choralari bo‘yicha kengashning navbatdagi sammiti boshlandi

    15.06.2019, 14:15

    Nukusda yuz bergan dovul qanday oqibatlarga olib keldi? (foto)

    15.06.2019, 13:50

    Termizda 90 ta oila yangi uyga ko‘chib o‘tdi (foto)

    15.06.2019, 13:32

    Gulnora Karimovaning qizi DXX raisi va Bosh prokuraturaga ariza yozdi

    15.06.2019, 12:59

    O‘zbekiston energetika vaziri Mitsubishi kompaniyasi vakili bilan uchrashdi

    15.06.2019, 12:50

    Nukusda “Yoshlar oyligi” doirasida harbiylar xizmatchilar uchun bayram sayli tashkil etdi

    15.06.2019, 12:10
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi 


    UZTELECOM simli internetni modernizatsiya qilmoqda: abonentlar GPON va FTTx orqali 100 Mbit/s dan yuqori tezlikka ega bo‘ladilar


    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!


    Imzo Glass mahsulotlari Buyuk Britaniyaga eksportga yuborildi


    Accor Toshkentda Swissôtel Tashkent ochilishini nishonlamoqda, shveysariya uslubidagi hashshamatni O‘zbekiston poytaxtiga olib kelmoqda


    BI Group O‘zbekistonda turar joy binosining zilzilabardoshligini ochiq sinovdan muvaffaqiyatli o‘tkazdi


    Smart Business O‘zbekistonda UZCARD va Humo kartalarini qabul qilish uchun yagona yechimni taqdim etadi 


    Universalbank o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar uchun yangi “Mikrokredit 300 ”ni ishga tushirdi 


    Mobiuz Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida 5G ning yangi imkoniyatlarini ochmoqda


    HAVAL O‘zbekistonda yangi modellarni namoyish etdi: HAVAL H6 Facelift va HAVAL H9 taqdimot kechasi


    Kelajak – bugungi qilgan harakatingiz samarasidir. O‘zingizga ishonch esa har qanday yutug‘ingizning boshlanishi 


    Pepsi Taste Challenge 2025: Pepsi yana oldinda — O‘zbekistonda 59,28% ovozga sazovor bo‘ldi 


    “Trastbank” kichik biznesni rivojlantirish uchun 1 mlrd so‘mgacha kredit taklif etadi


    “Biznesni rivojlantirish banki” 1 trln 273 mlrd so‘mlik ipoteka krediti ajratdi


    Kapitalbank va Korporativ sport assotsiatsiyasi hamkorlik memorandumini imzoladi

     

    Tavsiya etamiz

    Yahudiylarning “Tarixiy vatan” va “Buyuk Isroil” haqidagi puch da’volari: Falastin aslida kimga tegishli?

    23 avgust, 13:22

    “Rusning sharmandali blitskrigi”. Urush taqdirini belgilab bergan Kiyev jangi qanday yakunlangan edi?

    22 avgust, 20:08

    Islom Karimovning sobiq matbuot kotibi “Otamdan qolgan dalalar” filmi taqiqlanish sababini oshkor qildi

    21 avgust, 11:58

    Turkiyada oyoq suyaklarini sindirib, bo‘yni o‘stirish operatsiyasi ommalashmoqda (foto)

    21 avgust, 11:52
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    NASA hamkorligida yaratilgan sun’iy intellekt Quyoshdagi chaqnashlarni 2 soat oldin prognoz qila oladi

    Dunyo | 23 avgust, 22:50

    “AQSH bosimiga qarshi birdammiz”: Xitoy Hindistonni qo‘llab-quvvatladi

    Dunyo | 23 avgust, 22:10

    Superliga. “Nasaf” “Surxon”dan ustun keldi, “OKMK” “Xorazm” darvozasiga 3 ta gol kiritdi

    Sport | 23 avgust, 21:50

    Xitoyda ko‘prik qulashi oqibatida 12 nafar ishchi halok bo‘ldi (video)

    Dunyo | 23 avgust, 21:35

    Rauf Parfi, Muhammad Yusuf va boshqa marhum ijodkorlar ordenlar bilan mukofotlandi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 21:11

    Muftiy Nuriddin Xoliqnazarov “Oliy darajali imom Buxoriy” ordeni bilan taqdirlandi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 20:46

    Ispaniyadagi plyajlar zaharli va noyob shilliqqurt sabab yopildi

    Dunyo | 23 avgust, 20:10
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.