13-iyun kuni O‘zbekiston Energetika vazirligida Mitsubishi kompaniyasi Xalqaro departamenti bosh menejeri, SOO kompaniyalari guruhi o‘rinbosari Kazuxiro Vatanabe bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Energetika vazirligi matbuot xizmati “Daryo”ga ma’lum qildi.
Uchrashuvda O‘zbekiston—Yaponiya iqtisodiy qo‘mitasi 15-yig‘ilishining amaliy-tashkiliy jihatlari muhokama qilindi. Shuningdek, energetika va neft-gaz sohasidagi yangi loyihalar xususida so‘z yuritildi.
Navoiy IESda zamonaviy bug‘-gaz qurilmalarining 3—4-bosqichi qurilishi, shuningdek, Mitsubishi kompaniyasi tomonidan ishlab chiqarilgan gaz turbinalari uchun xizmat ko‘rsatish va servis markazlarini tashkil etish shular jumlasidan.
Bundan tashqari Mitsubishi kompaniyasi MTO gaz-kimyo klasterlari yaratish bo‘yicha loyihalarda hamda O‘zbekiston gaz-transport tizimini modernizatsiya qilishda ishtirok etishga qiziqish bildirayotgani ta’kidlandi.
Izoh (0)