• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12834.61
    • RUB162.65
    • EUR14662.26
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +27°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Samarqand, Namangan va Urganch aeroportlari Rossiyaning “Novaport” kompaniyasiga o‘tishi yuzasidan rasmiy munosabat

    O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi ijtimoiy tarmoqlarda keng muhokamalarga sabab bo‘layotgan Samarqand, Namangan va Urganch aeroportlari boshqaruvi “Novaport” kompaniyasiga o‘tishi to‘g‘risidagi xabarlar yuzasidan quyidagilarni ma’lum qiladi. Bu haqda Vazirlar Mahkamasidagi “Daryo” manbasi xabar bermoqda.

    Foto: Arxiv

    Foto: Arxiv

    So‘nggi yillarda mamlakatda fuqaro aviatsiyasini rivojlantirish, havo kemalari parkini bosqichma-bosqich yangilash, parvozlarning yuqori darajadagi xavfsizligini ta’minlash, aeroportlar infratuzilmasini, havodagi harakatni boshqarish tizimini va malakali mutaxassislar tayyorlashni takomillashtirish borasida qator ishlar amalga oshirilmoqda.

    Biroq shunga qaramasdan, mamlakatning fuqaro aviatsiyasida uning jahon aviatashishlar bozorida raqobatbardoshligini ta’minlash va ushbu tarmoqqa investitsiyalarni faol jalb qilish, sohaning tarmoq korxonalari moliyaviy barqarorligi va rentabelligini ta’minlash imkonini beruvchi menejmentning zamonaviy tizimini joriy etish masalalarida qator tizimli kamchiliklar saqlanib turibti.

    Aeroportlar ekspulutatsiyasi va ish faoliyatini ta’minlash doimiy ravishda katta miqdordagi investitsiyalar kiritilishini talab etadi. Aeroport infratuzilmasini rivojlantirish, jumladan, yo‘lovchi terminallari, uchish-qo‘nish yo‘laklarini qurish va rekonstruksiya qilish, yoritish va signal chiroqlari qurilmalarini modernizatsiya qilish, maxsus texnikalarni xarid qilish, havo kemalari, yo‘lovchilar va bagajlarga xizmat ko‘rsatish jarayoniga zamonaviy axborot texnologiyalarini tadbiq etish katta sarf-xarajatlarni talab etadi.

    Hozirgi kunda fuqaro aviatsiyasi boshqaruv tizimi, shu jumladan, yerdagi infratuzilmadan foydalanish xizmat ko‘rsatishning jahon standartlariga javob bermasligi, reyslarga ko‘rsatilayotgan xizmatlarning yetarli darajada emasligi, asosiy ishlab chiqarish faoliyatidan tushadigan daromadlarning pastligi mamlakatdagi ayrim aeroportlarning norentabelligiga sabab bo‘lmoqda. Bu kabi aeroportlarning ish faoliyatini ta’minlash davlat budjetidan katta miqdordagi mablag‘ ajratilishini talab etmoqda.

    Jahon Banki ekspertlar guruhining fikricha aeroportlar o‘tkazuvchanlik qobiliyatining cheklanganligi va infratuzilma sarf-xarajatlarining yuqoriligi parvozlar narxining qimmatlashuviga sabab bo‘lmoqda, bu esa o‘z navbatida xorijiy aviatashuvchilarning bozorga kirish imkoniyatlarini cheklamoqda.

    Jumladan, Termiz xalqaro aeroporti uchish-qo‘nish yo‘lagining xalqaro talablarga mutlaqo javob bermasligi xorijiy aviakompaniyalarning mazkur aeroportga parvozlarni amalga oshirishiga to‘siq bo‘lmoqda.

    Bundan tashqari, bugungi kunda Toshkent, Samarqand, Buxoro, Andijon xalqaro aeroportlarining uchish-qo‘nish yo‘laklari ta’mirtalab ahvolda.

    Shuningdek, Toshkent, Namangan, Samarqand, Buxoro, Urganch va Andijon xalqaro aeroportlari terminalining kichikligi ularning o‘tkazuvchanlik quvvati past ko‘rsatkichda qolishiga sabab bo‘lmoqda.

    Bu kabi salbiy holatlar ayrim yo‘lovchilar parvozlarni qo‘shni davlatlarning O‘sh, Chimkent kabi shaharlari orqali amalga oshirishiga olib kelmoqda.

    Yetakchi xalqaro ekspertlarning fikricha xalqaro standartlar darajasida xizmat ko‘rsatishni ta’minlash uchun aeroportlardan foydalanish va ularni rivojlantirishga xususiy sektorni jalb etish mavjud muammolarning yechimi bo‘lib hisoblanadi.

    Aviatashuvlar bozorida raqobat muhitini yaratish va sohaga to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalarni faol jalb etishning dastlabki natijasi Samarqand, Namangan va Urganch shaharlari aeroportlari boshqaruvining konsessiya kelishuvi asosida Rossiyaning “Novaport” kompaniyasiga berilishi mazkur yo‘nalishdagi dastlabki qadamdir.

    Kelishuvga ko‘ra “Novaport” kompaniyasi o‘z sarmoyalari hisobidan yuqoridagi aeroportlarni modernizatsiya qilish va rivojlantirishga qaratilgan “Loyihalash, Qurilish, Ekspluatatsiya, Topshirish” (DBOT) modeli asosida ishlarni bajarish majburiyatini o‘z zimmasiga oladi. Ekspluatatsiya davrida “Novaport” kompaniyasi davlatga konsessiya yig‘imlarini to‘lab boradi.

    Fuqaro aviatsiyasi sohasida boshqaruvning zamonaviy shakl va usullarini joriy etishni jadallashtirish, soha korxonalarini xalqaro tendensiya va standartlarga muvofiq qayta tashkil etish hukumatning aviatsiya sohasidagi keng ko‘lamli islohotlarni amalga oshirishdagi asosiy maqsadidir.

    Shuni alohida ta’kidlash lozimki, mavjud qonunchilikka ko‘ra aerodrom infratuzilmasi obyektlari, jumladan, havo kemalari uchun mo‘ljallangan uchish-qo‘nish va qo‘shimcha harakatlanish yo‘laklarini xususiy sherikka faqat boshqaruv uchun berilishi mumkin. Ushbu obyektlar strategik ahamiyatga ega bo‘lgani bois mulk huquqi davlatda qoladi. Qolaversa, davlat xususiy sherikligining har qanday shakli va usullarida asosiy boshqaruv va nazorat vositalari davlatda bo‘ladi.

    Samarqand, Namangan va Urganch aeroportlarini modernizatsiya qilish va rivojlantirishga qaratilgan loyihani amalga oshirish yuzasidan “Novaport” kompaniyasi o‘z takliflarini ishlab chiqmoqda. Ushbu takliflar mutasaddi vazirlik va idoralar vakillari tomonidan o‘rganib chiqilgandan so‘ng yakuniy qaror qabul qilinadi.

    Ushbu loyihani amalga oshirish aeroportlar infratuzilmasini rivojlantirish va kengaytirish, samarali ishlash va texnik xizmat ko‘rsatishni ta’minlash, yo‘lovchilarga ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatini oshirish, parvozlar geografiyasini kengaytirish, yo‘lovchi tashish hajmini ko‘paytirish kabi ijobiy natijalarga erishish imkonini beradi.

    Aviatsiya sohasini tubdan takomillashtirish maqsadida, O‘zbekistonning qolgan aeroportlarini davlat-xususiy sherikligi shartlari asosida investorlar boshqaruviga topshirish masalalari o‘rganib chiqilmoqda.

    Xalqaro amaliyotga nazar soladigan bo‘lsak, bugungi kunda to‘liq yoki qisman davlat xususiy sherikligi boshqaruvi asosida Sankt-Peterburg, Dehli, Afina, Istanbul, Tokio, Nagoya, Gonkong, Doxa, London, Syurix, Frankfurt, Amsterdam kabi yirik aeroportlar faoliyat yuritmoqda.

    14.06.2019, 23:05   Izoh (0)   30571
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Deputat: O‘zbekistonda oltin izlash uchun berilgan yerlar qazuv ishlari yakuniga yetgach avvalgi holatiga qaytarilishi kerak

    14.06.2019, 22:56

    Germaniyada Mo‘ynoqda tashkil etiladigan teletibbiyotga asoslangan innovatsion klinika loyihasi muhokama qilindi

    14.06.2019, 22:14

    ShHTning yoshlarga mo‘jallangan 5 ta loyihasi O‘zbekistonda o‘tkaziladi

    14.06.2019, 21:48

    O‘zbekistonda QQS bo‘yicha imtiyozlar faqat dori-darmon, kitob va gazeta-jurnallar uchun saqlab qolinadi

    14.06.2019, 21:22

    Shavkat Mirziyoyevning ShHT sammitidagi ishtiroki, Alisher Uzoqovning “zapret”ga tushgan yillari, tug‘uruqxona koridorida yotgan ayollar va kunning boshqa xabarlar...

    14.06.2019, 21:09

    Maktabgacha ta’lim vazirligi: Bolalarning to‘g‘ri ovqatlanishga odatlanishi ulg‘ayganda noto‘g‘ri ovqatlanish oqibatida yuzaga keladigan kasalliklar oldini oladi

    14.06.2019, 20:56
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Sistit — bu uyat emas!


    2025-yilning 5 oyi davomida Mobiuz minglab tayanch stansiyalarini ishga tushirdi va texnik infratuzilmani zamonaviylashtirdi


    Centrum Air yozgi yo‘nalish ochadi: Toshkentdan Issiqko‘lga to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslar


    O‘zbekiston Milliy banki Xitoy yuani ayirboshlash xizmatini Toshkent shahri va poytaxt aeroportida yo‘lga qo‘ydi


    Moliyaviy firibgarliklar: firibgarlar keksalarni qanday aldamoqda 


    InfinBLACK - ortiqcha to‘lovlar talab qilmaydigan kredit karta


    Yangiyo‘lda “Tomorqa maktabi” ochildi


    ANORBANK va BS/2 O‘zbekistonda banklarda o‘z-o‘ziga xizmat ko‘rsatish tarmog‘ini kengaytirmoqda


    LUKOIL: yosh iste’dodlar ovozi katta sahnada yangradi


    Chirchiqdagi yangi bog‘ - zamonaviy ko‘ngilochar va dam olish maskani ochildi


    Suv — bebaho neʼmat: Agrobankdan fermerlar uchun yangi metodik to‘plam


    Xon Saroy tomonidan an’anaviy “Mening orzuyimdagi uy” rasmlar tanlovi boshlandi 


    Octobank bankomatlarni BS/2 bilan birga “aqlliroq” qiladi


    Mastercard Digital Uzbekistan 5- xalqaro PLAS-Forumida qatnashdi


    Hyundai Uzbekistan - foizsiz bo‘lib to‘lash imkoniyati qaytdi!

     

    Tavsiya etamiz

    Gitlerdan so‘ng eng mashhur natsist – dorga osilgan Ribbentropning ayanchli taqdiri

    31 may, 19:25

    “Ikki xonali uy uchun 715 mln so‘mdan”. “Daryo”dagi maqoladan so‘ng poytaxt hokimligi uysiz qolgan aholiga xonadon sotib olish uchun mablag‘ ajratdi

    28 may, 21:15

    Feldmarshalga almashtirilmagan Stalinning zurriyoti — “dohiy” nega o‘g‘lini urushga yuborgan edi?

    3 iyun, 21:10

    Gestapo va KGB xizmatida bo‘lgan buxorolik “Shtirlits”

    26 may, 19:00
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    “Daryo” videoreportaji: Namanganda gullar festivali doirasida bo‘lib o‘tgan moda haftaligi

    O‘zbekiston | 3 iyun, 21:25

    Feldmarshalga almashtirilmagan Stalinning zurriyoti — “dohiy” nega o‘g‘lini urushga yuborgan edi?

    Dunyo | 3 iyun, 21:10

    Anjelina Joli va Bred Pittning qizi o‘z ism-familiyasidan voz kechdi

    Kino | 3 iyun, 20:55

    Simone Inzagi “Al-Hilol” bilan kelishuvga erishdi

    Sport | 3 iyun, 20:45

    Ko‘zi o‘tkir, qulog‘i sezgir temir qushchalar. Razvedkachi dronlarning “katta akalari”

    Dunyo | 3 iyun, 20:40

    Rossiyada Leonardo Di Kaprioning qiyofadoshi suratga tushgan film taqdim etildi

    Layfstayl | 3 iyun, 20:20
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.