Bugun, 14-iyun kuni (14-06-2019 12:58:32 ) “Mening fikrim” veb-portalida fuqaro Qudratov Asliddin tomonidan yuborilgan “Sirtqi ta’lim shaklida tahsil oluvchi talabalarning to‘lov-kontrakt summalarini kamaytirish haqida”gi elektron jamoaviy murojaat yetarli ovoz (10 000 ta) to‘pladi. Bu haqda Qonunchilik muammolari instituti xabar berdi.
Endilikda: - mazkur murojaat portal moderatori — Qonunchilik muammolari instituti tomonidan keyingi ish kuni (17.06.2019-y.)dan kechiktirmay vakolatli davlat organi — Vazirlar Mahkamasiga yuboriladi.
- Murojaatni ko‘rib chiqish va u bo‘yicha qaror qabul qilish muddati murojaat vakolatli davlat organiga kelib tushgan paytdan e’tiboran oltmish kundan oshmasligi kerak.
- Vakolatli davlat organi tomonidan murojaatni ko‘rib chiqish natijalari bo‘yicha qabul qilingan qaror moderator tomonidan “Mening fikrim” veb-portaliga joylashtiriladi.
Ma’lumot uchun:- Hozirda “Avtotransport vositalarini tyuning qilishga ruxsat berish haqida”gi elektron jamoaviy murojaat 4979 ta ovoz bilan ovoz yig‘ishga joylashtirilgan murojaatlar ichida yetakchilik qilmoqda.
Izoh (0)