• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12935.27
    • RUB160.47
    • EUR14367.2
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +23°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Hurriyat: Viloyatlarga qatnaydigan shaxsiy avtomobil egalarining harakatlanishini tartibga solish vaqti kelmadimi?

    “Hurriyat” gazetasining 12-iyun sonida “Toshkentdan Xorazmgacha yoxud yo‘lovchilar xavfsizligini kim o‘ylaydi?” sarlavhali maqola chop etildi. Ushbu maqolada O‘zbekiston trassalarida nima sababdan inson o‘limi bilan yakunlanuvchi YTHlar soni ortib borayotgani tahlil qilinadi.

    Foto: “Hurriyat” gazetasi

    Foto: “Hurriyat” gazetasi

    “Yo‘l azobi, go‘r azobi!” Eshitgandayoq odamni seskantiradigan bunday maqolni dastlab kim aytgan ekan? Balki uni ot, eshak, tuya kabi jonivorning ustida chang-to‘zondan ko‘zi qorayib yo‘l tanobini tortgan bir karvonboshi aytgandir? Kim aytgan bo‘lsa ham haq gapni aytgan ekan. Zotan, bu azob asrlar o‘tsa ham, yo‘l yurish qanchalik yengillashgan bo‘lmasin azobligicha qolmoqda. Zotan, inson zoti bu yorug‘ dunyoga kelar ekan, oyati Karimada aytilganidek, ziyon ichida bo‘ladi. Yo‘l yurgan odamning ziyonini kamaytirish esa avvalo Allohning irodasida bo‘lsa, qolaversa, karvon boshining qo‘lida.

    Ajdodlarimiz yo‘l tortar ekanlar, eng avvalida karvon va uni boshqargan karvon boshini tanlaganlari ham bejiz emas. Masalan, qaroqchilar hujum qilishi yoki karvondagilardan birovining mazasi qochib qolishi mumkin. Boshqa yana qancha xavfu xatarlar bor, barini sanab ado qilib bo‘lmaydi. Qaltis vaziyatlardan eson-omon olib chiqish, to‘rt tomoning qibla bo‘lgan sahrolarda yo‘lovchilar adashib, qum barxanlari aro omonatini topshirib qo‘ymasligi, nogahon bostirib keladigan tabiat injiqliklariyu qaroqchilar hujumidan himoya qila olish uchun ham dono va o‘ktam karvonboshilar zarur bo‘lgan. Ular karvondagi odamlar hayoti va mulku bisoti uchun javobgar sanalganlar. Demak, odamlar o‘z hayotlarini sorbonga ishonib yo‘lga chiqishgan. Umrining ko‘p yili ana shunday sarguzashtlarga boy sayohatlarda o‘tgan Sa’diy ham “Ey sorbon, ohista yur”, deya behuda nola qilmagan.

    Bugun-chi? Bugun karvonlarimiz o‘z manzillariga shikast ko‘rmay, ziyon chekmay yetib boryaptimi? Ha, topdingiz, bugunning yo‘rig‘i boshqa. Bugungi yo‘lovchi parday yumshoq o‘rindiqli, tez yurar avtomobillarga o‘tiradi-yu, ko‘zlagan manziliga qushday yengil yetib boradi. Aslida shundaymikan?! Shaxsiy avtomobilingiz bo‘lsa-ku, tuzuk, istagan joyingiz sari jo‘nayverasiz. Bo‘lmasa-chi? Shu topda qadimgi yo‘lovchi bobomizning ahvoliga tushasiz. Karvonboshi – kirakash haydovchi qidirasiz.

    Chunki qadimgi karvonlarda zillat chekib yurgan ajdodimiz singari bugungi odam ham — odam. Uning hayotiga ham yo‘lda kimdir javobgar bo‘lishi kerak. Shunday qilib, hayotimizni avvali xudoga, qolaversa, kirakashga omonat qilib mashinaga o‘tiramiz. Bittasiga chiqasizu, ketavermaysiz, tanlaysiz. Ammo ishingiz tig‘iz, tanlashga vaqtingiz yo‘q, ana o‘shanda uchraganiga o‘tirasizu jo‘naysiz.... To‘g‘ri, bugungiday dorilomon zamonda xotirjam ketaversa bo‘ladi: yo‘l qoidalari, tezlikni nazorat qiluvchi radarlar bor. Eng ma’quli, yo‘llardagi postlar olib tashlandi, birov pishagingizni “pisht”demaydi. Bularning barchasi davlatimizning xalq foydasini ko‘zlab ish tutayotganiga bitta yaxshi misol. Unda, qo‘rqadigan nima qoldi? Kim qoldi?Kirakash qoldi!..

    Internet ma’lumotlarida o‘qigandirsiz, o‘tgan yil 22-oktabrda “Buxoro –Nukus – Beruniy” avtomobil yo‘lida Nexia bilan Cobalt to‘qnashuvi natijasida 5, Jondor tumanida Lacetti bilan Isuzu yuk mashinasi to‘qnashuvi oqibatida 4, joriy yil 26-martda Namanganda ro‘y bergan dahshatli yo‘l-transport hodisasi tufayli 4 kishi halok bo‘lgan.

    O‘tgan yili 6 236 ta yo‘l-transport hodisasi yuz bergani, oqibatda 2 262 kishi halok bo‘lganidan, 8 458 kishi tan jarohati olganidan, o‘rtacha hisobda, bir kunda 6 kishi yo‘l-transport hodisasi tufayli o‘lim topganidan, halokatlarning aksar qismi Surxondaryo, Jizzax, Buxoro viloyatlari va Qamchiq dovonida sodir bo‘layotgani kishini tashvishga solmaydimi?

    Uzoqni qo‘ya turaylik, yaqin oylar ichida xabarchi saytlarda ko‘zimiz tushgan bitiklarni eslatishning o‘zi kifoya qilar: 3-aprel. “Qoraqalpog‘istonda ikki Nexia to‘qnashuvi oqibatida bir yo‘lovchi vafot etdi”;

    5-aprel. “Andijonda yuz bergan YTH oqibatida ikki kishi halok bo‘ldi”;

    8-aprel. “Namanganda yuz bergan YTH oqibatida ikki kishi halok bo‘ldi”;

    11-aprel. “Ohangaronda mudhish YTH: 2 nafar 18 yoshli yigit halok bo‘ldi”;

    18-aprel. “Sharof Rashidov tumani hududidan o‘tuvchi “Toshkent–Termiz” M-39 yo‘lida avtotransport hodisasi sodir etildi. Natijada, transport haydovchisi va yo‘lovchi tan jarohati olib, voqea joyida vafot etgan”... va hokazo.

    Yuqoridagi ma’lumotlar biz bilganlarimiz, bilmaganlarimiz faqat yaratganga ayon. Shuncha qulayliklar odam bolasining hayotini yengillatishga xizmat qilib turgan pallada bunday achinarli voqealar kishini o‘yga toldiradi.

    “Avvalo, barcha yo‘llarimiz ham jahon standarti talablariga to‘la javob bermaydi. Yo‘l belgilarining ko‘pchiligi noto‘g‘ri qo‘llanilgan. Yo‘l belgilari kamligi yoki bori ham biror daraxt tagigami, uylarning devorigami joylashtirilgani uchun ham ko‘plab avtohalokatlar ro‘y beryapti. Ayrim joylarda yo‘l ta’mirlanayotgani haqidagi ogohlantirishlar juda yaqin qolgandagina ko‘rsatilgan bo‘ladi. Holbuki, ancha uzoqdan ogohlantiruvchi belgilar bo‘lishi kerak, menimcha. Hech qaysi haydovchi halokatga uchrayin deb yo‘lga chiqmaydi. Ko‘pchilik avariyalar mana shunday tashqi ta’sirlar tufayli ham sodir bo‘lyapti. To‘g‘ri, ba’zan yosh haydovchilar tezroq va ko‘proq pul topay deb tezlikni oshirib yuborishadi yoki ikki kunlab dam olmay yo‘lda yurishadi. Uyqusizlik ham ta’sir qiladi, albatta. Shuning uchun yo‘llarda to‘xtab achchiq qahva ichamiz. Bu yog‘i tirikchilik. Hech kim zerikkanidan bunday og‘ir mehnatni bo‘yniga olayotgani yo‘q. Shukrki, postlar olib tashlandi. Vaqtimiz ancha tejaladigan bo‘ldi. Lekin mavjud postlarda negadir odamlarning vaqtini olishning yangi usulini o‘ylab topishgan. Postga kelganda yo‘lning ikki “polosa”si yopib qo‘yilgan bo‘ladi, hamma mashinalar bitta “polosa”dan o‘tishga majbur. Bu odamlarni ozmuncha asabiylashtiradimi?! Shunga o‘xshagan ko‘plab sabablar bor”, — deydi Qarshi—Toshkent yo‘nalishida qatnovchi Komil ismli haydovchi.

    Ammo statistik ma’lumotlarga ko‘ra, dunyodagi 35 foiz avtohalokatlar haydovchining aybi bilan sodir etilar ekan.

    “Shu yilning uchinchi aprel kuni soat yigirma daqiqa kam oltida men piyodalar o‘tish joyida to‘xtagandim, katta tezlikda kelayotgan ‘Damas’ avtomashinasi ortimdan kelib urildi. Haydovchisi mast ekan, darhol mashinadan tushib qochib qoldi. Holbuki, men ‘avariya’ chirog‘ini yoqib to‘xtagan edim. O‘shandan buyon YPX idorasiga qatnayverib tinkam quridi. Hali erta keling, deyishadi, hali indin.

    Hozirgi paytda avtohalokatlar, asosan, piyodalar o‘tish yo‘lida sodir bo‘lyapti. Chunki rulga o‘tirgan yosh haydovchilarning ko‘pchiligi yo‘l belgilarini bilmaydi. Qoidalarga amal qilish uchun, birinchi navbatda, belgilar nimani anglatishini bilish kerakmi, axir?! O‘zim qirq ikki yoshdaman. Lekin haliyam cho‘chiyman. Qoidalarga to‘la amal qilishga urinaman. Yarim kechalab yo‘lga chiqmayman. Uyquga to‘yib, dam olib, ertalab yo‘lga chiqaman har doim. Hamisha hushyor yurishga harakat qilaman. Chunki biror qoidabuzarlik sodir etsam, suvdan quruq olib chiqadigan tanishlarim yo‘q”, – deya kuyinib hikoya qiladi Matiz rusumli avtomashina haydovchisi Anvar aka To‘lakov.

    Qadimda qancha sinashta, ko‘pni ko‘rgan, baquvvat, yo‘lning hadisini olgan kishilarga karvonboshilik ishonib topshirilgan bo‘lsa, endi tirikchilik vajidan kechani kecha, kunduzni kunduz demay yo‘l yurib, umri yo‘lda o‘tayotgan aksariyat yosh haydovchilarga Alloh omonatga bergan hayotimizni ishonib topshiryapmiz. Buning ustiga viloyatlarga qatnaydigan mazkur kirakashlarning aksariyati hech qanday litsenziyaga ega emas. Mayli, tirikchilik deb, beorom mehnatga bel bog‘labdi, dersiz. Rahmat. Lekin birovlarning shirin joni evaziga tirikchilik qilinmaydi-da. O‘sha mashhur qo‘shiqda aytilganidek: “Toshkandan Xorazmgacha bir ming bir yuz kilometr!” Uzoq yo‘llarni bosib manzilga yetgan azamat “odam” chiqib qolsa, yana ortga qarab dam olmasdan qaytib ketaveradi. Shifokorlar so‘ziga ko‘ra ikki-uch kun ko‘zi ilinmagan inson nafaqat yo‘lidan, aqlidan ham adasharkan. Nafs ortidan ot surib o‘tayotgan ayrim haydovchilar o‘z jonini ham, o‘ziga qo‘shib uch-to‘rt nafar yo‘lovchining hayotini ham xavf ostiga qo‘ymoqdalar. Turli bayramlar arafasida esa kirakashlarning kuni tug‘adi: uyqusizlikdan qizargan ko‘zlari bilan “kulib” turib, yo‘lkirani osmonga ko‘tarishlarini aytmaysizmi?! Shuncha pulni kissasiga urayotgan bu haydovchi o‘z zimmasiga qanday katta mas’uliyat olayotgani haqida hech o‘ylab ko‘radimi?! Zavodda qo‘riqchilik qiladigan bir qarindoshim bor.Bir kecha-kunduzlik smenadan chiqqach uch kun uyda dam oladi. “Bir sutka ko‘z yummaymiz, o‘zi bo‘ladimi, quvvatga kirish uchun ikki-uch kunlab dam olamiz-da, keyin”, – deydi u.

    Ana shular haqida gap ketganda, viloyatlarga qatnaydigan shaxsiy avtomobil egalarining harakatlanishini ham muayyan tartibga solish vaqti allaqachon yetib kelmadimikan, degan savol tug‘iladi. Bu ishlarga mutasaddi tashkilotlar rahbarlari nega hanuz qo‘l qovushtirib o‘tirishibdi? Yoki ular o‘zlari qiladigan ish uchun Prezidentning alohida qarorini kutishyaptimi?

    Kirakashlar ham ma’lum darajada ro‘yxatdan o‘tib, ya’ni litsenziya olib, haftada ikki yoki uch bor qatnashlarini ta’minlash, avtomobil va haydovchining holatini maxsus tekshiruvdan o‘tkazish, yo‘lga chiqishini grafik asosida nazorat qilib borish, kerak bo‘lsa, ularga ham mehnat daftarchasi ochib, erta bir kun keksayganida mashaqqatli mehnati uchun pensiya olishini ta’minlash payti kelmadimikan?!

    Rivojlangan mamlakatlarda bunday tartib allaqachon yo‘lga qo‘yilgan. Bizning xalqimiz ham bunga munosib. Zotan, yo‘lovchilarning xavfsizligi shuni taqozo etadi. Qum barxanlari-yu, tog‘u toshlardan o‘tgan yo‘llarda boy berilgan umrlar uchun kim aybdor? “Tirikchilik ekan” deb besh qo‘lini og‘ziga tiqqan haydovchimi? Yoki yuqoridan turtki kutib o‘tirgan soha mutasaddilarimi? Va yoki yaxshi niyat bilan safarga chiqqan yo‘lovchining o‘zimi?

    Men mana shu satrlarni yozayotgan paytimda, siz esa uni o‘qiyotgan daqiqalarda ham kimningdir o‘zi, kimningdir akasi, ukasi, singlisi, ammasi, tog‘asi, ishqilib, xudo ko‘rsatmasin, biror yaqini avtohalokatga uchramadi, deb aytaolamizmi? Bir-birlarini yo‘l bo‘yi uchragan radarlardan ogohlantirib, telefonda gap sotib, mashinasidagi “yuk”dan tezroq qutulib, yana boshqa “yuk”larni “ortib” qaytishni, shaqillatib pulini sanab olishni o‘ylab temir otga “qamchi bosayotgan” bir bandaga hayotini ishonib, yo‘l tanobini tortayotgan odamlarning sanog‘i kammi? Aytishlaricha, Qamchiq dovonidagi tog‘ osti yo‘lidan soatiga mingga yaqin mashina o‘tarkan. Safarga chiqqan yaqinimizning, o‘g‘il-qizimizning, umr yo‘ldoshimizning hayoti ishonchli qo‘llarda emasligi sabab, “yetib keldim” degan xushxabarni eshitmaguncha jonimiz orom topmaydi.

    Qachon uyga borsam, ota-onam, akalarim, opam, jiyanlarimni ko‘rib, qaytishga chog‘langanimda, albatta, otamning o‘zlari meni kuzatishga chiqadilar. Ovora qilmaslikka qancha urinsam ham ko‘nmaydilar. Avtoturargohga kelgach, albatta, o‘zlari tanlagan avtomobilga o‘tqizadilar. Otam biror marta mashinaning rusumiyu kira narxiga ahamiyat berganlarini eslolmayman. Faqat haydovchining yoshiga, o‘zini tutishiga, xatti-harakatiga, tetikligiga e’tibor beradilar. O‘rta yoshlardagi, og‘ir-vazmin, ko‘rinishidan toliqmagan, chehrasi yorishib turgan haydovchini tanlaydilar. Ba’zan borayotganimni aytsam ham, o‘zini bosib olgan taksist top, deydilar. Otamning bu harakatlari menga bamaslahat karvonboshi tanlayotgan ajdodlarimizning sinchiligini eslatadi. Darhaqiqat, bunday sinchilik behuda injiqlik emas, axir bu ulov ichida azizlarimiz, oromi jonlarimiz borayotir!

    13.06.2019, 16:11   Izoh (0)   39947
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Rossiyalik teleboshlovchi Kseniya Sobchak qisqa videosi bilan o‘zbekistonliklarni ranjitdi

    13.06.2019, 15:57

    Jizzaxdagi qandolat fabrikasida yong‘in sodir bo‘ldi

    13.06.2019, 15:46

    Shavkat Mirziyoyev Bishkekka yetib keldi

    13.06.2019, 15:35

    Xorazmlik erkak avval Spark avtomobilini olib qochdi, keyin u bilan to‘qnashuv sodir etdi

    13.06.2019, 15:21

    Toshkent shahrining 5 ta tuman davlat soliq inspeksiyalariga yangi rahbarlar tayinlandi

    13.06.2019, 15:14

    O‘zbekistonda “Atom energiyasidan tinchlik maqsadlarida foydalanish to‘g‘risida”gi qonun loyihasi deputatlar tomonidan qabul qilinmadi

    13.06.2019, 15:10
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Toshkent mineral suvi: Iskandar Zulqarnayndan hozirgi kungacha


    “Otang bozor, onang bozor”, qurilish do‘koni ochmoqchi bo‘lsang, Tashkent INDEX’ga bor


    MAGIC SAFARI — Markaziy Osiyodagi birinchi tematik safari-park 15-may kuni o‘z eshiklarini ochadi!


    Silk Avia Shahrisabzga ko‘proq parvoz qiladi


    BI Group Toshkent BI Botanika Saroyi turar-joy majmuasini belgilangan muddatdan oldin foydalanishga topshirdi va sifat hamda muddatga sodiqligini tasdiqladi


    UZCARD SHERDOR premium kartasi endi MKBANKda mavjud


    O‘zbekiston Milliy banki “Oltin omonat”ni ishga tushirmoqda


    O‘zbekistonda token chiqarish bo‘yicha pilot loyihani amalga oshirish rejalashtirilgan


    OSTIM Global: 100 gektarlik zamonaviy sanoat hududi


    Kapitalbank 2024-yilgi Brand Awards International mukofotiga sazovor bo‘ldi


    Moliyaviy firibgarlik: murakkab sxemalar bo‘yicha sodda tushunchalar 


    Digital Uzbekistan Toshkentda 28-may kuni o'z ishini boshlaydi! Bozorni o‘zgartirib yuboruvchi PLAS-Forum 


    GWM Auto Shanghai 2025 da o‘zining global strategiyasini taqdim etdi: O‘zbekiston asosiy hamkorlar qatorida 


    Coca-Cola 139 yillik ilhom, ajoyib kashfiyotlar, mashhur kampaniyalar va butun dunyo sevib qolgan ta’mni taqdim etmoqda 


    Mobiuz "MazzaFest"da yangi "Mazza" va "Mazza 2.0" tarif rejalarini taqdim etadi

     

    Tavsiya etamiz

    “Yovuzlik imperiyasi zaminimizga hech qachon qaytmasligi uchun” — jamoatchilik o‘roq-bolg‘ali qizil bayroq va qora-olovrang lentani taqiqlashni so‘ramoqda

    13 may, 22:22

    Ular doim dunyoda eng yaxshilaridan bo‘lgan — pokistonlik harbiy uchuvchilar haqida

    12 may, 21:30

    Si va Putin tandemi: Rossiya va Xitoyning “chegarasiz do‘stligi” Markaziy Osiyodagi muvozanatga qanday ta’sir qiladi?

    12 may, 19:00

    “AQSH yordam bermaganida, g‘alabaga erisha olmasdik” — Ikkinchi jahon urushida SSSR yutug‘ini ta’minlagan yashirin haqiqatlar

    10 may, 15:00
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Germaniyada o‘zini qirol deb e’lon qilgan shaxs qamoqqa olindi

    Dunyo | 13 may, 23:40

    “Putin muzokaralarga kelsa, Tramp ham Istanbulga boradi” — AQSH maxsus vakili

    Dunyo | 13 may, 23:25

    “Daryo” dayjesti: 13-mayning eng muhim xabarlari

    O‘zbekiston | 13 may, 23:10

    Falastinning normal hayotga qaytishi uchun 15 yil kerakligi ma’lum qilindi

    Dunyo | 13 may, 22:55

    Maʼmuriy sudlar tomonidan uch oyda hokim qarorini haqiqiy emas deb topish bilan bog‘liq qancha ish ko‘rilgani ochiqlandi

    O‘zbekiston | 13 may, 22:45

    Mashhurlik retsepti: qo‘shiqlari emas, balki reklamalar orqali tanilgan xonandalar

    Musiqa | 13 may, 22:35

    O‘zbekiston Kubogi. “OKMK” 12 ta gol urdi, “Surxon” Birinchi liga klubiga mag‘lub bo‘lib, guruhda qolib ketdi

    Sport | 13 may, 22:23

    “Yovuzlik imperiyasi zaminimizga hech qachon qaytmasligi uchun” — jamoatchilik o‘roq-bolg‘ali qizil bayroq va qora-olovrang lentani taqiqlashni so‘ramoqda

    O‘zbekiston | 13 may, 22:22
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.